Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida ishtirok etadi
O‘zbekiston paviloni olim va mutafakkir Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ijodini aks ettiradi.

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
O‘zbekiston ilk bor Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida ishtirok etadi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Xabar qilinishicha, Venetsiyadagi 59-Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Space Caviar” arxitektura-tadqiqot studiyasi va kuratori Sheida Gomashi tomonidan yaratilgan “Dixit Algorizmi – bilimlar bog‘i” loyihasini taqdim etadi.

O‘zbekiston paviloni olim va mutafakkir Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ijodini aks ettiradi.
Pavilonda texnologiyaga oid turli nuqtai nazarlar taqdim etiladi va bu hodisaning xilma-xilligi, chuqurligi va murakkabligi keng jamoatchilik dasturi ishtirokchilari tomonidan muhokama qilinadi.

“Mamlakatimiz 2022 yilda Venetsiya biyennalesida ikkinchi bor ishtirok etadi. Biyennalening o‘tgan yilgi ochilishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi hamda bu yil biz yangi g‘oyalar bilan qaytmoqdamiz va yana bir bor zamonaviy san’at olamini chorlaymiz. Bu yilgi loyihamiz jahonga mashhur olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy merosidan ilhomlanayotganidan faxrlanamiz. Uning “Hikmat uyi” ko‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar uchun maydon bo‘lib, keyinchalik zamonaviy ilm-fan rivojiga asos bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir ijodiga zamonaviy san’at prizmasidan yangicha talqinlarni taqdim etgan va bugungi kundagidan ham dolzarb mavzularga qo‘rqmasdan to‘xtalib o‘tgan kuratorlarimizdan cheksiz minnatdormiz”, — dedi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengash raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

“Kurator Sesiliya Alemaniy tomonidan tanlangan mavzu Jamg‘armaning g‘oyalari va zamonaviy san’at sohasidagi joriy yo‘nalishiga mos kelishidan juda mamnunmiz, chunki biz faoliyatimizning barcha jabhalarida fanlararo yondashuvni targ‘ib qilishga intilamiz”, - dedi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova.
Uning ma’lumot berishicha, ko‘rgazma davomida pavilonda ilmiy-ommabop va yuqori ixtisoslashtirilgan tadbirlar dasturi bo‘lib o‘tadi.

Pavilon maydonida butun dunyodan taniqli rassomlar, kuratorlar va zamonaviy san’at nazariyotchilari, shuningdek, O‘zbekistondan yosh rassomlar va kuratorlar yig‘iladi. Dastur doirasida suhbatlar, chiqishlar, shuningdek, an’anaviy o‘zbek she’riyat tanlovi o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma 23 apreldan 27 noyabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?

16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?

14:13 / 08.05.2025
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

09:38 / 26.04.2025