Fransiya, Ispaniya, Hindiston va O‘zbekiston Gidlar uyushmalari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

21 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan III Xalqaro gidlar forumida Fransiya rusiyzabon gidlar uyushmasi, Ispaniya milliy gidlar uyushmasi, Hindiston gidlar uyushmasi milliy federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, hujjat Fransiya rusiyzabon gidlar uyushmasi prezidenti Garri Safaryan, Ispaniya milliy gidlar uyushmasi prezidenti Almudena Rodrigez, Hindiston gidlar uyushmasi milliy federatsiyasi vakili Narendra Singx va O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi raisi Nargiza Salomova tomonidan imzolandi.
Ta'kidlash joizki, poytaxtda o‘tayotgan Xalqaro gidlar forumida turizm sohasining 250 dan ziyod mutaxassislari - gidlar, turoperatorlar, muzeyshunoslar, davlat idoralari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etishmoqda.
Xalqaro forum uch ishchi maydonda o‘tkazilmoqda:
· "Ipak yo‘li" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi;
· "Gid laboratoriyasi: xalqaro va mahalliy ekspertlardan mahorat darslari";
· "Ekspozitsion qism".
Xalqaro forum yakunida "O‘zbekiston - turizm mamlakati" fototanlovining uch nominatsiya (Tabiat. Me'morchilik merosi. Madaniyat va etnografiya) bo‘yicha g‘oliblari taqdirlanadi. Tanlovda gidlarning eng yaxshi suratlari ishtirok etadi.
Bundan avval Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov 2019 yilning 20 fevralida O‘zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi tashkil etilgani haqida ma'lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:42 / 12.05.2025