Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vaqf” fondiga qator muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar biriktirib berilishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas ziyoratgoh va qadamjolardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining “Vaqf” xayriya jamoat fondiga muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni tegishli ro‘yxatga muvofiq tekin foydalanish shartnomasi asosida ijaraga berish huquqi bilan biriktirib berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda tegishli muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni “Vaqf” fondi va uning hududiy bo‘linmalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” fondi va uning hududiy bo‘linmalariga muqaddas qadamjo va ziyoratgohlardan kelib tushadigan mablag‘lardan maqsadli va samarali sarflanishini doimiy nazorat qilib boradi.
Tijorat banklariga “Vaqf” fondi va uning hududiy bo‘linmalariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda vositachilik haqi undirmaslik tavsiya etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:58
Mavzuga oid

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025