Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi
"Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Hujjatda aholiga mahalliy yo‘nalishlarda maqbul narxdagi aviaqatnovlarni taqdim etish, ijtimoiy va turistik ahamiyatga ega mahalliy aviayo‘nalishlarda aviachipta narxining bir qismini qoplab berish mexanizmini takomillashtirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, aviakompaniyalarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi 2026 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy aviayo‘nalishlarda aviachipta narxining bir qismini davlat budjeti hisobidan subsidiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom, mahalliy aviayo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshiruvchi rezident aviakompaniyalarga xalqaro «slot»lar berish tartibi tasdiqlanadi.
Transport vazirligi Uzbekistan Airports bilan birgalikda rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ichki aviaqatnovlarda parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyat olgan xorijiy aviakompaniyalar uchun to‘qqizinchi «havo erkinligini» taqdim etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mahalliy aviayo‘nalishlar bo‘yicha aviachipta uchun ajratiladigan subsidiya miqdori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

15:06 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

20:19 / 19.07.2025
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi

12:30 / 17.07.2025