Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
"Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlariga hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish vakolati berilgan.
Quyidagilar:
- tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatish qoidalari;
- elektr energiya hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatish qoidalari;
- ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatish qoidalari tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish xizmati muqobil tarzda amalga oshiriladi;
- metrologiya sohasida barcha xizmatlarni markazlashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uning ochiqligini ta’minlash, shuningdek qiyoslash bayonnomalari va xulosalarini to‘liq elektron shaklda amalga oshirish maqsadida hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Belgilab qo‘yilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hisoblagichlarni qiyoslash faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan metrologiya xizmatlarini moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish faoliyatini masofaviy tarzda monitoring qiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

08:47 / 14.07.2025