Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 71-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etyapti

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi JSSTning yuqori organi hisoblanadi. Assambleyaning har yilgi sessiyasi, odatda, Jyenevada may oyida bo‘lib o‘tadi.
An'anaga muvofiq, joriy yilgi 71-sessiya ham Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 21 may kuni tadbir rasman ochildi. Unda JSSTga a'zo 194ta davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Har yili Sessiya davomida ishtirokchilar JSST faoliyatini ko‘rib chiqib, o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta'siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta'minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha global strategiya masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi 26 mayga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
Jahon | 20:47
-
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38
-
Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Rossiya qo‘shinlari bufer zona yaratish muammosini hal qilmoqda – Putin
Jahon | 20:36
Mavzuga oid

13:52 / 27.03.2024
Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi

10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

09:31 / 08.11.2022