Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi
SSV vaziri ortidan uning birinchi o‘rinbosari Alisher Shodmonov betobligi tufayli lavozimini tark etdi.
Prezident administratsiyasi xodimi Davron Sultonovga sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Qayumovich Shodmonov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqishi munosabati bilan uning vazifasini vaqtinchalik bajarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sog‘liqni saqlashni rivojlantirish shu’basi mudiri Davron Tohirovich Sultonov zimmasiga yuklatildi», deyiladi xabarda.
Alisher Shodmonov 2017–2020 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

U keyinroq Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimiga o‘tkazilgan, 2023 yil avgustida vazirlikka qaytib, vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
- Bundan oldinroq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan ketgani xabar qilingandi. U Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlangan.
- Uning o‘rniga Prezident administratsiyasi xodimi Asilbek Xudayarovga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turish vazifasi yuklatilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

14:31 / 07.05.2025
Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi

10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

17:30 / 05.07.2022
“Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri” - Alisher Shodmonov

20:53 / 24.12.2020