O‘zbekiston | 09:31 / 08.11.2022
6527
1 daqiqa o‘qiladi

YeXHT Parlament assambleyasi navbatdagi kuzgi yig‘ilishi 2023 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletov va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda xalqaro inson huquqlari tashkilotlari vakillari, Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya (USCIRF) rahbariyati, Global jalb qilish instituti (IGE) va Xelsinki komissiyasi ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasi (Xelsinki komissiyasi) vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish muhokama qilindi.

Amerika vakillari O‘zbekiston tomonidan so‘nggi yillarda inson huquqlari va demokratiyani ilgari surish sohasida Xelsinki kelishuvlari amalga oshirilishini ta’minlashda erishilgan salmoqli yutuqlar va ijobiy natijalarni alohida ta’kidladi. YeXHT mas’uliyati doirasidagi mintaqaviy xavfsizlik mavzusiga to‘xtalar ekan, ekspertlar O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solishdagi rolini yuqori baholadi.

YeXHT Parlament assambleyasining navbatdagi kuzgi yig‘ilishi 2023 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid