AQSh hukumati Apple'dan iPhone'ga radio qo‘shishni talab qildi

Foto: ZDNet
AQSh Federal aloqa komissiyasi odamlar favqulodda vaziyatlardan ogoh bo‘lishi uchun Apple kompaniyasidan iPhone'da FM-modulni faollashtirishni talab qildi.
Xizmat rahbari Adjit Payning izoh berishicha, ayfon egalari Florida, Puerto-Riko va Texasidagi Xarvi, Irma yoki Mariya dovullaridan xabar topmay qolishi ham mumkin edi. Bloomberg'da ta'kidlanishicha, Apple qurilmalari AQSh smartfonlar bozorining 40 foizini egallaydi.
"Men Apple'dan iPhone'dagi FM-modullarni faollashtirishni so‘rayman. Kompaniyaning mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladigan va Amerika xalqi xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadigan vaqti keldi".
Adjit Pay, AQSh Federal aloqa komissiyasi rahbari
Bir necha yildan beri smartfonlar ishlab chiqaruvchilaridan modulni faollashtirishni talab qilib kelgan AQSh Milliy televideniye assotsiatsiyasi (National Association of Broadcasters) ham mazkur talabni qo‘llab-quvvatladi. Motorola, LG va Samsung uning ko‘rsatmalariga quloq tutdi.
Apple'da Federal aloqa komissiyasining talabiga iPhone 7, iPhone 8 va iPhone X smartfonlarida radiomodullar yo‘qligi bilan javob berishdi. Radio muxlislari yangiliklar stansiyalarini Apple Music yoki watchOS 4.1'dagi "Radio" ilovasi orqali tinglashlari mumkin.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, ayfon egalari favqulodda xizmatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bloklash ekrani orqali murojaat qilishadi va favqulodda vaziyatlardan xabar topishadi. Apple'ning marketing bo‘yicha katta prezidenti Filipp Shiller ham bu ma'lumotni tasdiqladi.
TechCrunch nashrida ma'lum qilinishicha, Apple eski modellaridan radioni olib tashlagan. iPhone 6 va iPhone 6S'da FM-modullar bo‘lgan, biroq ular protsessorlarga kiritilib, antennalarga ulanmagan. Bundan chiqdi, agar AQSh Apple'ni modullarni yoqishga majbur qilgan taqdirda ham, kompaniya bunday qila olmaydi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin
Jahon | 17:55
-
Netanyahu G‘azoda ustuvorlikni garovdagilarga qaratishni boshladi. Tramp Hamas bilan «bitim» talab qilmoqda
Jahon | 17:54
-
Mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 17:49
-
Xitoy blekaut keltirib chiqaradigan qurol yaratganini e’lon qildi
Jahon | 17:05
Mavzuga oid

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

19:38 / 10.06.2025