Jahon | 17:05 / 30.06.2025
5185
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy blekaut keltirib chiqaradigan qurol yaratganini e’lon qildi

Bomba yerdagi transport vositasidan uchiriladi va havoda portlab, dushman elektr tarmoqlarini ishdan chiqaradi.

Foto: South China Morning Post

Xitoy 10 ming m² maydonda elektr ta’minoti tizimlarini o‘chirishga qodir qurolni ishlab chiqdi. Ko‘rinishidan, bu elektr stansiyalari va elektr uzatish liniyalarini o‘chirib qo‘yishi (blekaut) mumkin bo‘lgan yangi turdagi grafit bombasi, deb yozdi The South China Morning Post (SCMP).

Yangi qurilma haqidagi videorolik mamlakat Markaziy televideniyesida namoyish etildi. Bomba yerdagi transport vositasidan uchiriladi, keyin u havoda portlovchi 90 ta silindrsimon o‘q-dorilarni chiqaradi va yuqori voltli tarmoqlarda qisqa tutashuvlarga olib keladigan ingichka uglerod iplarini qoldiradi.

Qurolning zarba masofasi 290 kilometr, jangovar kallakning og‘irligi esa 490 kilogrammni tashkil qiladi. Bombaning to‘liq texnik xususiyatlar oshkor etilmagan.

Avvalroq, Xitoy texnologik o‘zgarishlarga moslashuvchanlik va urushning yangi usullarini namoyish qilib, mamlakat «kelajakdagi urushlarda g‘alaba qozona olishini» isbotlashga va’da bergan edi.

Ayrim ishlanmalar, jumladan, aqlli dronlar va gipertovushli qurollar 3 sentabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi sharafiga o‘tkaziladigan paradda namoyish etiladi. Tadbirda kiberqo‘shinlar va elektron urush kuchlari ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid