Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistral tarmoqlar nimstansiyalari modernizatsiya qilinadi

Foto: Energybase.ru
Prezidentning 16.09.2017 yildagi PQ-3284-son “Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlar nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ishlab chiqilgan investitsiya loyihasining TIAga ko‘ra, uning umumiy qiymati 292,15 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha 2017-2022 yillar davriga mo‘ljallangan.
Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
• 75,35 mln AQSh dollari ekv. – «O‘zbekenergo» AJning o‘z mablag‘lari;
• 92 mln AQSh dollari – Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining so‘ndirish muddati 25 yil, jumladan imtiyozli davri 5 yil bo‘lgan zayomi;
• 58 mln AQSh dollari – Xalqaro taraqqiyot asostsiatsiyasining so‘ndirish muddati 25 yil, jumladan imtiyozli davri 5 yil bo‘lgan krediti;
• 66,8 mln AQSh dollari ekv. – O‘zbekistonning taqdim etiladigan imtiyozlar ko‘rinishidagi hissasi.
Qarorga binoan «O‘zbekenergo» AJ – loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek jalb qilinayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organ. Zayom va kreditni so‘ndirish, foizlar, vositachilik haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.
Loyiha doirasida, shu jumladan «vaqtinchalik olib kirish» bojxona rejimi rasmiylashtirilgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar, asbob-uskunalar, materiallar va maxsus transport 1.01.2023 yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi (bundan bojxona yig‘imlari mustasno).
Hujjat 25.09.2017 yilda kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:25 / 16.07.2025
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025