Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2025 yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturi tasdiqlandi.
Dasturda quyidagi me’yorlar belgilangan:
• davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni shakllantirish;
• tegishli tarmoq va sohalardagi muammolarni samarali hal qilishni ta’minlovchi tashabbuskorlik loyihalarini amalga oshirish;
• ijtimoiy hayotning eng dolzarb sohalarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
Sheriklik inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, qurilish, kommunal xo‘jalik, aholi bandligi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.
Xususan, quyidagi vazifalar belgilangan:
• ta’lim jarayoniga interaktiv elektron platformalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini va o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
• oilalarda zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
• yoshlarning ekologiya sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish;
• aholiga kichik elektr stansiyalari qurishning ahamiyati va xavfsizligini tushuntirish;
• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
• qishloq xo‘jaligi sohasida ayollarning kichik biznesi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
Mavzuga oid

11:04
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025