Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Ispaniyaning nomdor futbol klubi Kongo DR bilan shartnoma imzolamoqchi.

«Barselona» prezidenti Joan Laporta
«Barselona» Kongo Demokratik Respublikasi bilan to‘rt yillik muddatga 44 million yevrolik yirik homiylik shartnomasini tuzishga yaqin turibdi. Shartnoma bandlariga ko‘ra, klub har yili 11 million yevro oladi, deb xabar berdi Mundo Deportivo.
Kataloniya klubi mamlakatda turizmni rivojlantirishga qaratilgan «Demokratik Kongo Afrikaning yuragi» logotipini asosiy jamoa libosiga joylashtiradi. Iyun oyi boshida Fransiya chempionatida ishtirok etuvchi «Monako» klubi ham Afrika davlati bilan xuddi shunday shartnoma imzolagan edi.
Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuv «Barselona»dagi moliyaviy feyr-pley holatini yaxshilashga yordam berishi kerak. Avvalroq UYeFA shu masalada Kataloniya klubini 12 million yevro jarimaga tortgandi.
Kongo DR foydali qazilmalarga boy davlat va dunyodagi eng yirik kobalt ishlab chiqaruvchisidir. Shu bilan birga, kobaltning 20 foizi qo‘lda qazib olinadi. Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Kongo Demokratik Respublikasida 4-10 yoshli 7,5 millionga yaqin bola konlardagi og‘ir mehnatga jalb qilingan. Biroq, aniq raqamlar noma’lum, chunki bolalar mamlakatda ro‘yxatga olinmaydi.
Bundan tashqari, UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi qurolli to‘qnashuvlar tufayli bolalar davlat va nodavlat qurolli kuchlar tomonidan yuk tashuvchi, ayg‘oqchi yoki xizmatkor sifatida faol ravishda yollanmoqda. Masalan, 2024 yilda 1 milliondan ortiq bola shunday ishlarga jalb qilingan.
Mis, kobalt va uranga boy bo‘lishiga qaramay, Kongo DR dunyodagi eng qashshoq 5 ta davlatdan biridir. Mamlakat aholisining qariyb 65 foizi (taxminan 100 million kishi) kuniga 2,15 dollardan kam pulga kun ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

22:44 / 16.07.2025
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin

22:15 / 12.07.2025
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

16:56 / 07.07.2025