Iqtisodiyot | 08:45 / 10.12.2016
5675
1 daqiqa o‘qiladi

Makaoda bank kartochkalaridan naqd pul olish uchun cheklov joriy qilinadi

Foto: Reuters

Dunyodagi eng yirik o‘yin xabi – Makao valyuta boshqarmasi China UnionPay kartochkasi egalarining bankomatlardan pul olish imkoniyatini ikki martaga qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Endilikda bunday kartochka egalari Makao hududida bir kunda 626 dollar naqd pul olishlari mumkin bo‘ladi. 

UnionPay tizimining xalqaro bo‘limi o‘z navbatida, kartalarga o‘rnatilgan cheklovni o‘zgartirmaganini ma'lum qilgan. Hozirda, shu turdagi bank kartochkalaridan bir kunda 1450 dollargacha, bir yilda 14,5 ming dollargacha pul olish mumkin. 

Ta'kidlanishicha, xitoylik o‘yinchilar kartochkalaridagi pullarni naqdlashtirishda bankomatlardan unchalik ham foydalanishmaydi. Ular, asosan, UnionPay yordamida do‘konlardan mahsulot xarid qiladi, keyinroq ularni qaytarib topshirib, naqd pulini olishadi. 


 

Mavzuga oid