Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi
Mamlakatning Shanhaydagi Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi rasmiylari bilan birgalikda biznes-simpozium tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda provinsiyaning mas’ul iqtisodiy tuzilmalari, biznes uyushmalari va yetakchi mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilganlar uchun O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Unda mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, maxsus iqtisodiy zonalarda ishlash imkoniyatlari, eksportni qo‘llab-quvvatlash choralari va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligi va Xitoydan kelgan sayyohlar uchun soddalashtirilgan shart-sharoitlar, jumladan, vizasiz rejim va Xitoyning turli shaharlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarning muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Chjetszyan provinsiyasida sanoat, "yashil" energetika, energiyani tejash va yangi materiallar ishlab chiqarish sohalari jadal rivojlanmoqda. Xitoy biznesi O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etishga, xususan, qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini tejash sohalarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.
Anjumanda mamlakatda ishlayotgan Xitoyning Holley Group kompaniyasi xodimlari O‘zbekistondagi tajribalari haqida so‘zlab berdi.
Tadbir yakunida Chjetszyan provinsiyasi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

18:30
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025