Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi. Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi. O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
Joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Etihad Airways aviakompaniyasi BAA poytaxti Abu-Dabi shahridan Fors ko‘rfazi, Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi yettita yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, Abu-Dabida joylashgan aviakompaniya Olmaota, Boku, Buxarest, Madina, Tbilisi, Toshkent va Yerevanga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Chiptalar bir necha kun ichida sotuvga chiqariladi, reyslar 2026 yil mart oyida boshlanadi.
Bu e’lon Vengriyaning Wizz Air budjetli aviakompaniyasi Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatayotgani, shu sababli, ko‘plab yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar, jumladan, Toshkent va Samarqandga parvozlar to‘xtatilishini ma’lum qilganidan bir kun o‘tib yangradi.
Ma’lumot uchun, Etihad Airways 2025 yil birinchi yarmida 10,2 million yo‘lovchini tashigan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foiz ko‘p.
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
Markaziy bank tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan me’yorlarning to‘g‘ri hisoblanishi ahvolini tekshirish amalga oshiriladi. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’siri aniqlanadi hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligi tekshiriladi.
Kompleks tekshirishlar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilishlar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarning banklar va ularning filiallari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin.
Advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati advokati qo‘lga olindi.
DXX xabariga ko‘ra, u ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qilgan.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
Avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish davlat xizmati elektron shaklga o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarori muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2025 yil 31 iyulga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga an’anaviy — og‘zaki yoki yozma tarzda murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

23:47 / 28.07.2025
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest

23:53 / 25.07.2025
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest

21:15 / 24.07.2025
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest

00:06 / 24.07.2025