Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Shu orqali u Amerikaning WildCat robotini ortda qoldirdi - uning tezligi soniyasiga 8,8 metrgacha yetgan edi.

Foto: Mirror Me
Xitoydagi Mirror Me startapining robot iti 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi. Bu robotlar orasidagi eng yaxshi natija, deb yozadi South China Morning Post.
Qayd etilishicha, Black Panther II nomli robot o‘z tezligini soniyasiga 9,7 metr tezlikka qadar oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu orqali u Amerikaning WildCat robotini ortda qoldirdi — uning tezligi soniyasiga 8,8 metrgacha yetgan edi.
Rasman jahon rekordi hali ham Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti talabalarining robot itiga tegishli. Ularning ixtirosi 100 metrni salkam 20 soniyada bosib o‘tgan.
Mirror Me asoschisi Tszin Yunbin «vaqti kelganda» kompaniya Ginnesning rekordlar kitobiga o‘zlarining robot iti natijasi qayd etilishi uchun ariza berishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning maqsadi — 2026 yilga qadar soniyasiga 10 metr tezlikda yugurishga qodir ikki oyoqli robotni, 2030 yilgacha esa shaxsiy yordamchisi sifatida ishlay oladigan humanoid robotni yaratishdan iborat.
Mavzuga oid

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

15:08 / 21.07.2025