Farg‘onada Nexia 3 va Tico to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi
Farg‘ona tumanida Nexia 3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Tico bilan to‘qnashdi. Natijada Tico’ning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yuborildi.

Foto: YHXB
Farg‘ona tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Qayd etilishicha, holat 5 may kuni soat 16:00 atrofida Farg‘ona — Vodil — Hamzaobod avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
25 yoshli haydovchi Nexia 3 avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. U qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan va yo‘nalishida kelayotgan 65 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Tico haydovchisi vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Jahon | 16:21
-
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi
Jahon | 16:00
-
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:39
-
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat | 15:04
Mavzuga oid

11:26 / 24.06.2025
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025