Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
Kun.uz “Toshshahartransxizmat”dan olgan ma’lumotga ko‘ra, avtobuslarda konditsioner asosan yoz kirib kelganidan keyin yoqiladi. Lekin salon ichidagi harorat 26 darajadan oshsa va yo‘lovchilar sovitkichni yoqishni so‘rasa, haydovchilar buni bajarishi kerak. Konditsioneri yo‘q avtobuslar esa poytaxtga olib kelinadigan 200 ta elektrobusga almashtirilishi aytildi.

Foto: Kun.uz
28 aprel kuni Toshkentda havo harorati 37 darajagacha ko‘tarilib, poytaxt jamoat transporti, xususan, avtobuslarda harakatlanuvchi yo‘lovchilarda konditsionerlar yoqilmagani yuzasidan e’tirozlar paydo bo‘ldi.
Kun.uz bu masalada “Toshshahartransxizmat” AJ bilan bog‘landi. Ta’kidlanishicha, avtobuslardagi konditsionerlar asosan yoz mavsumiga o‘tganda yoqilishi belgilangan.
“Ammo ungacha havo harorati 26 daraja issiqni tashkil etsa va yo‘lovchilar sovitkichni yoqishni so‘rasa, haydovchilar buni bajarishi kerak. Agar haydovchi konditsionerni yoqishdan bosh torsa, fuqarolar 1062 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki AJning murojaatlar bo‘limiga o‘z shikoyatlarini bildirishi mumkin”, – deydi matbuot xizmati rahbari.
Kompaniya bo‘lim boshlig‘i Saidmahmud Toshkentboyevning aytishicha, poytaxtda harakatlanuvchi ayrim, jumladan, Mercedes-Benz, Man rusumli avtobuslarda konditsionerlar mavjud emasligi hisobiga ham noqulaylik yuzaga kelmoqda. Ammo ularning soni qancha ekani ochiqlanmadi.
“Avtobuslarning o‘zida zavod tomonidan ishlab chiqarilganda konditsioner bo‘lmasligi mumkin. 2025 yilda Yutong kompaniyasi tomonidan 200 ta elektrobus olib kelinyapti, shu avtobuslarni Toshkent shahar markaziga qo‘ysak, konditsionersiz [ayrim] avtobuslarni almashtirgan taqdirimizda yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan bo‘ladi”, – deydi u.
Toshkentboyevga ko‘ra, yo‘lovchilardan konditsionerlar ishlamayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushmayapti.
“Hozir ob-havo isib ketmagani, yoz mavsumi kirib kelmagani uchun murojaatlar ko‘p bo‘lmasa kerak. Chunki bo‘lganida bizga ham qaysidir qismi kelar edi yoki murojaatchilarning o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqar edi. Hozir ob-havo mo‘’tadilroq bo‘lgani uchun unday [murojaatlar] yo‘q desa ham bo‘ladi”, – dedi rasmiy.
2023 yilda “Toshshahartransxizmat”ning barcha avtobus oynalari qoraytirilishi yuzasidan topshiriq berilgandi. Kompaniya bo‘lim boshlig‘iga ko‘ra, buning ijrosi bo‘yicha o‘sha vaqtda IIV tomonidan beg‘araz “tonirovka plyonkalari” va ruxsatnoma berilgan.
“Ammo 1-2 holatlarda tonirovka (plyonkasi – tahr.) ko‘chib qolgan bo‘lishi mumkin, negaki eng oxirgi partiya avtobuslarimiz kelganidan beri salkam 2 yil vaqt o‘tdi. Bu vaqt mobaynida nafaqat jamoat transporti, balki yangi avtotransportlarning ham tonirovkasi ko‘chib qoladi. Maxsus texnik komissiyasimiz bor, avtobusning tashqi va ichki holatini nazorat qilish bo‘yicha haftada 2 marta kuzatib boradi. Tonirovkasining ko‘chgani bo‘yicha ham xatlov o‘tkaziladi”, – dedi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqt avtoparklarda tonirovka uchun plyonka zaxirasi bor. Avtobuslarning dam olgan, ish bo‘lmagan kuni ichki imkoniyatdan kelib chiqib plyonkalar yopishtirib borilayotgani aytildi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:06
-
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 15:05
-
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga
O‘zbekiston | 15:00
-
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

15:06
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

12:41
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qilishga qaratilgan vaziyatlar markazi ish boshladi

10:03
Toshkentda onlayn savdo platformasida 3 yoshli bolani kim sotuvga qo‘ygani aniqlandi

09:46