Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Oq uyning menejment va budjet ofisi Davlat departamentiga harbiy jinoyatlarni, jumladan, Ukrainadagi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha qator dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatishni tavsiya qildi.

Oq uy AQShga dunyo bo‘ylab urush jinoyatlarini, shu jumladan Myanma va Suriyada qayd etilgan jinoyatlarni hamda Ukrainadagi urushda Rossiyaning ehtimoliy harakatlarini tekshirish bo‘yicha yigirmaga yaqin dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatishni tavsiya qildi. Bu haqda 26 iyun, payshanba kuni Reuters agentligi AQSh hukumatidagi manbalar va mualliflar go‘yoki ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘lgan ichki hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Menejment va budjet ofisining 25 iyundagi tavsiyasi bunday dasturlarni qisqartirish bo‘yicha yakuniy qaror emas, chunki Davlat departamenti hali apellyatsiya berishi mumkin. Reuters xabariga ko‘ra, bunday vaziyatda Menejment va budjet ofisi hamda Davlat departamenti o‘rtasida nizo boshlanishi mumkin, bu vaqtda AQSh Davlat departamenti ofisga qaysi dasturlarni saqlab qolish kerakligi haqida ma’lumotnoma yuboradi.
Jurnalistlar tilga olgan dasturlar ro‘yxatiga Iroq, Nepal, Shri-Lanka, Kolumbiya, Belarus, Sudan, Janubiy Sudan, Afg‘oniston va Gambiyada faoliyat yurituvchi dasturlar kiradi.
Xabar e’lon qilingan vaqtga kelib, na AQSh Davlat departamenti, na Menejment va budjet ofisi Reuters'ning izoh berish so‘roviga javob qaytarmadi.
Ayni paytda, ism-sharifi oshkor etilmagan uch nafar amerikalik mulozim jurnalistlarga, ularning fikricha, AQSh davlat kotibi Marko Rubioning dasturlarni himoya qilishga urinishi ehtimoli past ekanligini aytdi. Shunga qaramay, u asosiylarini, xususan, Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tekshirish dasturlarini saqlab qolishga harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi tahririyat manbalaridan biri.
Manbalar Ukrainada moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘yish tavsiya etilgan kamida ikkita dastur nomini tilga oldi. Ulardan birinchisi - Global Righs Compliance. Uning xodimlari Ukraina bo‘ylab urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, masalan, jinsiy zo‘ravonlik va qiynoqlar bo‘yicha dalillarni to‘playdi.
Yana bir loyiha - Legal Action Worldwide. U Ukrainada Rossiya harbiy jinoyatlarida gumon qilingan shaxslarga nisbatan ish qo‘zg‘atish uchun uning xodimlarining joylarda ko‘rsatadigan huquqiy yordamiga e’tibor qaratadi.
Bundan tashqari, Ukraina Bosh prokuraturasiga Jorjtaun universitetining Xalqaro jinoiy adliya tashabbusi tomonidan amalga oshirilayotgan 18 million dollar miqdoridagi grantni qaytarib olish tavsiya etildi, deb xabar berdi Reuters agentligiga ikki manba.
Nashrda ta’kidlanganidek, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Ukraina hukumati harbiy jinoyatlar moddasi bo‘yicha 1400 ta ish ochgan.
https://www.dw.com/ru/reuters-belyj-dom-nameren-prekratit-finansirovanie-rassledovania-voennyh-prestuplenij/a-73057138
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
O‘zbekiston | 20:48
-
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV
Jahon | 20:08
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

15:10
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi

14:24
Bloomberg: Ukraina Tyumen viloyatidagi gaz quvurini portlatib yubordi

14:07