O‘zbekiston | 12:41 / 27.06.2025
1447
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tirbandliklarni prognoz qilishga qaratilgan vaziyatlar markazi ish boshladi

Poytaxt ko‘chalarida tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi.

Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.

Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi, deyiladi IIV xabarida.

Bundan oldin prezident poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligini ko‘rsatib o‘tgandi.

Mavzuga oid