Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Angren shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda 2025 yilning 26 aprel kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida 30 ga yaqin nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda quyidagi masalalarga ham e’tibor qaratildi:
I. Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) talablariga muvofiq, rapid yo‘nalishida, 7 turdan iborat shveysar tizimi asosida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining xalqaro toifadagi tajribali hakamlari tomonidan musobaqaning shaffof va xolis hamda yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash;
II. Yoshlar bilan ishlashda xalqaro oliy ta’lim muassasalari, yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbarlarining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, ularning shaxsiy rivojlanishi, yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va ijtimoiy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlar yuzasidan ham fikr almashildi.
III. Shuningdek, institutning turizm va mehmondo‘stlik maktabi professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar Ohangaronning O‘rg‘ozsoy hududidagi “Iloq” etnofestivalida faol ishtiroki ta’minlandi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 22:51
Mavzuga oid

19:00 / 17.03.2025
Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

17:00 / 01.03.2024
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida HBS akademiyasi kurslari tashkil etiladi

10:00 / 23.10.2023
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti abituriyentlar uchun qishki qabul boshladi

22:17 / 29.04.2017