UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham
Prezident farmoni bilan, UzAuto Motors, UzAuto Motors Powertrain, Uzbekistan GTL, Mobiuz, Texnopark, “O‘zmetkombinat”, “Navoiyazot”, bir nechta IESlar – jami 29 ta yirik davlat korxonasi xususiylashtiriladigan bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 29 ta yirik davlat korxonasi xususiylashtiriladi. Bu 21 aprel kuni imzolangan prezident farmonida belgilandi.
Asaka avtomobil zavodi va boshqa qator aktivlarga egalik qiladigan “UzAuto Motors” AJdagi 99,7 foiz ulush sotiladi. Buning uchun yil oxirigacha konsultant jalb etilib, ommaviy savdo 2026 yil 1-chorakda e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Undan avval, 2025 yil 4-chorakda Toshkent shahrida joylashgan dvigatel zavodi – UzAuto Motors Powertrain'ning 100 foiz ulushini savdoga chiqarish reja qilingan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Uzbekistan GTL” MChJning esa 100 foiz ulushi xususiylashtiladi. Konsultant jalb etish muddati – 2025 yil 3-chorak, ommaviy savdoni e’lon qilish 2026 yil 2-chorakka belgilangan. Markaziy Osiyodagi eng yirik neftgaz-kimyo korxonasi bo‘lmish zavod “O‘zbekneftgaz” orqali jalb etilgan tashqi qarzlar hisobidan, 3,42 mlrd dollarga qurilgan va 2022 yilda ishga tushirilgan.
Mobiuz aloqa operatori – “Universal Mobile Systems” MChJning 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha konsultant yaqin haftalarda – 2025 yil 2-chorakda jalb etilib, keyingi chorakda sotuv haqida e’lon berilishi kerak.
2025 yil 3-chorakda, shuningdek, “O‘zbekinvest EISK” AJning 75,24 foiz aksiyasi ham sotuvga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. “O‘zagrosug‘urta” AJning 99,35 foiz aksiyalari 2026 yil 1-chorakda sotuvga qo‘yiladi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 4-chorakda “O‘zbekgidroenergoqurilish”, “Transgazmaxsusqurilish”, “Maxsusenergogaz” sotuvini boshlash ko‘zda tutilgan. Yilning so‘nggi choragida O‘zbekistondagi yirik elektr stansiyalaridan “Sirdaryo”, “To‘raqo‘rg‘on”, “Angren”, “Yangi Angren”, “Toshkent”, “Navoiy” va “Taxiatosh” IESlari hamda “Muborak”, “Farg‘ona” va “Toshkent” IEMlari ham sotuvga qo‘yilishi zarur.
2025 yil 4-chorakda, shuningdek, Sherobod sement zavodi va “Sharg‘unko‘mir” sotuvga chiqariladi.
“O‘zmetkombinat”, Toshkent traktor zavodi, “Texnopark”, “O‘zagrolizing” va Uzbek Leasing International – ommaviy savdosini e’lon qilish 2026 yil 1-choragiga belgilangan korxonalar qatoriga kiradi.
“Yo‘lqurilish” va “O‘zsuvqurilish” AJlar sotuvini 2025 yil 3-chorakda boshlash belgilangan.
“Navoiyazot” AJning 75 foizini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan, ammo bu korxonani sotish muddatlarini hukumat belgilaydi.
Sanab o‘tilgan korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlari ishonchli boshqaruvga berilgan bo‘lsa, ular baholangan qiymatda dastlab ishonchli boshqaruvchiga taklif etiladi.
Bundan tashqari, yana 12 ta korxona “Franklin Templeton Asset Management” bilan birgalikda 10 foizdan 25 foizgacha aksiyasini xalqaro va mahalliy fond bozorlariga joylashtiradi.
Bunda, quyidagilar IPO o‘tkazishi kerak: NKMK, OKMK, Milliy investitsiya jamg‘armasi, “Navoiyuran”, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports, “Milliy elektr tarmoqlari”, “O‘zbekgidroenergo”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”. “O‘zbektelekom” esa SPO o‘tkazishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, “katta to‘rtlik”ka kiruvchi baholovchi tashkilotlar eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazmasdan jalb etiladi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda
Jahon | 20:11
-
Toshkentda yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar ishga tushdi. Aholi qanday fikrda?
Jamiyat | 19:29
-
Bastakor Dilorom Omonullayeva vafot etdi
O‘zbekiston | 19:26
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
Mavzuga oid

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

22:51 / 24.05.2025
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?

18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi

16:09 / 15.05.2025