UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi
UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL avtomobili uchun qayta kontraktatsiya boshlanganini e’lon qilganidan bir soat o‘tmay, shartnomalar tugaganini ma’lum qildi. Bu model kontraktatsiyasi aprel oyi boshida to‘xtatilgandi.

Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi 29 may kuni soat 14:40 da Shevrolet Malibu XL avtomobili uchun kontraktatsiya qayta boshlanganini ma’lum qildi.
Kompaniya bugundan boshlab har bir mijoz avtomobilni o‘ziga yoqqan rangda, kerakli modifikatsiyasida tanlash imkoniga egaligini xabar qildi.
Lekin oradan bir soat ham o‘tmay, soat 15:22 da barcha shartnomalar yakunlangani ma’lum qilindi. Rasmiy xabarda nechta shartnoma tuzilgani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors Malibu sotuvini aprel oy boshida to‘xtatgandi.
“Yangilangan” Malibu XL sotuvi 2023 yil mart oyidan boshlangan. O‘shanda kompaniya 3 xil komplektatsiyada (XL 1LT – 375 mln so‘m; XL 2LT –390 mln so‘m; XL LTZ – 419 mln so‘m) sotuvga chiqarilishini e’lon qilgan. Amalda esa faqat eng qimmat komplektatsiyani xarid qilish mumkin edi.
Joriy yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi Malibu-2 avtomobillari videosi tarqalgach, UzAuto Motors bu avtomobillar Xitoydan olib kelinayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid

12:58 / 21.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:48 / 12.06.2025