«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
O‘tgan hafta Rossiya Ukrainaning Sumi shahri markaziga ikkita «Iskander M» ballistik raketasi bilan hujum qilgan, oqibatda 35 kishi halok bo‘lgandi. Biz bu haqda alohida rolik ham e’lon qilgandik. Oxirgi kunlarda Ukraina Rossiyaning Ivanovsk oblastidagi Shuya shahriga favqulodda faollik bilan hujum qilgani ham urushni diqqat bilan kuzatayotganlar e’tiborini tortgani tabiiy. Ukraina tomoni dron hujumi nishoni Sumiga zarba yo‘llagan raketa brigadasi ekanini aytmoqda.

Shuyada «dron yomg‘iri»
16 aprel kuni ertalab deyarli ikki soat davomida Rossiyaning Ivanovsk oblastidagi Shuya shahri intensiv dron hujumiga uchradi. Ukrainlar shaharga ko‘plab samolyot tipidagi dronlar uchirishdi. Rossiya mudofaa vazirligi tabiiyki, osmondagi dronlar «birin-ketin urib tushirilayotgani» haqida hisobot berdi. Biroq Rossiyadagi urushni targ‘ib qiluvchi Z-blogerlarning xavotirli postlari vaziyat boshqacha ekanidan dalolat berayotgandi.
Ko‘p o‘tmay harbiy qismga dron urilgani aks etgan videolar tarqaldi. Kadrlardagi dronlarga «112-brigada Za Sumi» deb yozilgandi. Bejizga emas, Ukraina bosh razvedkachisi Kirilo Budanovning aytishicha, Shuyadagi harbiy shaharchada joylashgan bu qismda 112-gvardiyachilar raketa brigadasi joylashgan. Ukraina Sumi shahar markaziga aynan mana shu brigada raketa uchirgan deb hisoblaydi.
Z-kanallarning ba’zilarida ham 112-brigada Shuyadagi dron hujumining nishoni bo‘lgani haqida xabarlar chiqdi. Ba’zi voyenkorlar Sumiga hujumni amalga oshirgan brigada yetarlicha himoyalanmaganini tanqid qilgan. Mahalliy guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, dronlar harbiy qismdagi aynan raketa brigadasini nishonga olgan. Harbiy qism kazarmasida yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda. NASA monitoring tizimida ham Shuyadagi harbiy qism hududida ikkita yong‘in bo‘lgani ko‘rinadi.
17 aprel kuni ham Ukraina Shuyaga dron hujumini davom ettirdi. Shahardagi maktablar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazilgan. VSU shu kunlarda Kursk oblastiga ham hujum qildi. Ukraina tomoni hujum nishoni Rossiya armiyasi 448-raketa brigadasi joylashgan harbiy qism ekanini aytmoqda. Bu brigada 112-brigada bilan birga Sumi markaziga raketa hujumi amalga oshirgan.
Oxiri ko‘rinmayotgan urush
Ikki davlat bir-birining hududiga bunaqa zarbalar berishining o‘zi juda yomon holat. Lekin bugungi kunda bu voqealar ikki hissa yomonroq aks sado beradi. Rossiya va Ukraina dunyoning eng qudratli davlati Amerika urushni tugatish uchun harakat qilib yurganda, Tramp hatto Rossiyaga muddat bergan bir vaqtda intensivlikni oshirishdi. Bunaqa tempga qaraganda urush hali-beri tugaydiganga o‘xshamaydi.
Urush mana shunaqa rasvo narsa, o‘rtoqlar. Rossiya Sumiga hujum qiladi, keyin Ukraina Sumi uchun qasos deb Shuyaga hujum qiladi, keyin esa Rossiya Shuya uchun qasos deydi-da, Ukrainaning yana biror shahrini bombalaydi. Bunaqa qasos zarbalarining oxiri ko‘rinmaydi. Shuning uchun urushni hech qachon boshlamaslik kerak. Uni boshlash oson, tugatish juda qiyin...
O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi Faxriddin Hotamov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
O‘zbekiston | 11:16
-
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
Jahon | 11:10
-
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
Jahon | 10:53
-
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
O‘zbekiston | 10:51
Mavzuga oid

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

15:51 / 23.05.2025
Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda

13:45 / 23.05.2025