Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda
Ukraina xalqi xalqaro hujjatlarni imzolash uchun qonuniylikka ega bo‘lgan yangi prezidentni tanlashi kerak, dedi Rossiya TIV yuridik bo‘limi rahbari.

Foto: Felix Abraham/IMAGO
Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha memorandumni imzolash uchun bu mamlakat xalqi yangi prezidentni saylashi kerak, deya ma’lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qonuniyligini yo‘qotdi va shu sababli xalqaro hujjatlarni imzolay olmaydi, dedi Rossiya TIV yuridik departamenti direktori Maksim Musixin 22 may, payshanba kuni TASS agentligiga bergan intervyusida.
Memorandum «xalq mandatiga ega bo‘lgan shaxs» tomonidan imzolanishi kerak, chunki «aks holda muammolar bo‘ladi», dedi u. Musixin shuningdek, Oliy rada spikeri xalqaro hujjatlarni imzolash vakolatiga ham ega bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘shni davlatda yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini bir necha bor talab qilgan. Mart oyi oxirida u Ukrainada saylovlar o‘tkazish uchun BMT va bir qator davlatlar shafeligida «vaqtinchalik boshqaruv»ni joriy etishni muhokama qilishni, keyin esa «butun dunyoda tan olinadigan va ishonchli bo‘ladigan qonuniy hujjatlar»ni imzolashni taklif qildi.
Avvalroq Putin Zelenskiyni «sobiq davlat rahbari» deb atagan va Zelenskiy bilan tinchlik shartnomasini tuzishdan bosh tortishini ma’lum qilgan, chunki u «noqonuniyligi tufayli hech narsani imzolashga haqli emas». Bu pozitsiya, jumladan, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibiga tomonidan tanqid qilindi: «Ukraina prezidentining qonuniyligi haqidagi izohlar bema’nilik. Kremlda chorak asrlik boshqaruv davomida Ukrainada uchta prezident adolatli saylovlar sharoitida o‘zgardi».
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva davlat universitetining Toshkent filialida 2025/26 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Jamiyat | 19:00
-
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Jahon | 18:59
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid

16:00
“Rejim qulashiga to‘g‘ri kelsa, Moskva yordamga kelishi mumkin” – turkiyalik tahlilchi

14:30
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

11:57
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:55