Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi. AQSh prezidenti Donald Tramp sodir bo‘lgan voqeadan xabardor qilinganini bildirdi.

Foto: Jeff Burlew
Florida shtati universitetida otishma yuz berdi. CNN’ga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olingan, hodisa joyida kuch tuzilmalari vakillari, jumladan, FTB xodimlari ham ish olib bormoqda.
Otishma vaqtida ta’lim muassasasi ma’muriyati talabalarni boshpana qidirishga chaqirgan. «Eshiklarni yoping va derazalardan uzoqroq turing», — deyiladi xabarda. Tallahassee Memorial Healthcare shifoxonasi otishma oqibatida yaralanganlarni qabul qilayotganini bildirgan, ammo tafsilotlarni oshkor etmagan.
Talabalardan biri otishma to‘g‘risida xabar tarqalganidan keyin shokka tushib qolganini aytgan. «Qo‘llari ko‘tarilgan holda evakuatsiya qilinganlar orasida do‘stlarim bor», — deydi u. Universitet xodimi o‘q ovozlarini eshitgani va odamlar qochayotganini ko‘rganini ma’lum qildi.
Associated Press’ning yozishicha, otishma oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan. AQSh prezidenti Donald Tramp universitetdagi otishmadan xabardor ekanini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaning tinchlik memorandumi mazmuni ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:22
-
“Magic City”da suitsid sahnasi namoyish etildi. Buning uchun javobgarlik bor
Jamiyat | 18:04
-
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi
Jahon | 17:47
-
2023 yilda muzliklar 600 gigatonna suv yo‘qotdi – Imomali Rahmon
Jahon | 17:39
Mavzuga oid

20:59 / 28.05.2025
Florida shtati oltin va kumushni to‘lov vositasi sifatida ishlatishga ruxsat berdi

20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

19:05 / 05.05.2025