MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
Markaziy razvedka boshqarmasi «xavfsizlikning buzilishi bilan bog‘liq hodisa» yuz berganini tasdiqladi. Voqeaga aloqador bir kishi qo‘lga olingan.

Foto: Getty images
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining Lenglidagi shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda NBC News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, idora qo‘riqchilari mahalliy vaqt bilan soat 04:00 larda o‘t ochgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir ayol yaralangan.
MRB vakillari Reuters agentligiga «xavfsizlikning buzilishi bilan bog‘liq hodisa» yuz berganini tasdiqlagan, biroq otishma to‘g‘risida biror-bir ma’lumot taqdim etmagan. Ta’kidlanishicha, bir kishi qo‘lga olingan, ammo voqeaga oid boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.
MRB shtab-kvartirasi yaqinidagi voqea Vashington markazida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib ketilganiga bir sutka o‘tmasdan sodir bo‘lgan. Reutersʼning aniqlik kiritishicha, ushbu ikki hodisa o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yo‘q.
Mavzuga oid

22:44 / 22.06.2025
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi

17:38 / 22.06.2025
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

16:11 / 22.06.2025
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

12:57 / 22.06.2025