TSAHAL G‘azodagi urush strategiyasini radikal o‘zgartirdi
Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) avval e’lon qilingan muvaffaqiyatlar va HAMAS jangchilarining katta qismi yo‘q qilingani iddao qilinganiga qaramasdan, G‘azo sektorida keng ko‘lamli urushni davom ettirmoqda.

Foto: NBC News
Biroq so‘nggi voqealar ortidan qaytadan razvedka ma’lumotlarining ishonchliligi, hududni nazorat qilish darajasi va HAMAS harakatining hatto kuchli zarbalardan so‘ng ham o‘z faoliyatini tiklash qobiliyati haqidagi savollar kun tartibiga qaytdi, deb xabar bermoqda Isroilning Walla nashri.
Aynan mana shu hududlarda HAMAS ba’zi obektlarini tiklashga, binolarni qo‘mondonlik markazlariga aylantirishga va yer osti infratuzilmasidan qayta foydalanishga erishgan. Bu esa operatsiyalar tugaganidan so‘ng yetarli nazorat o‘rnatilmagani va razvedka xatolari borligini ko‘rsatadi. Tunnellarni yo‘q qilish muammosi hali ham dolzarb: hatto kuchli zarbalardan so‘ng ham yer osti kommunikatsiyalar to‘liq vayron qilinganiga ishonch yo‘q.
TSAHAL vakillari avvalroq «HAMAS metro tarmog‘i» deb ataluvchi yer osti tizimini yo‘q qilgani haqida ma’lum qilgan edi, ammo amaliyotda bu tunnellar faoliyatini davom ettirmoqda. Ulardan ko‘p qismi faqat so‘nggi kunlarda aniqlanib yo‘q qilingan. Bu esa urush boshidagi rasmiy bayonotlarning ishonchliligiga shubha uyg‘otmoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv buzilgandan so‘ng manyovrlar qayta boshlangan.
General-leytenant Eyal Zamir boshchiligida amalga oshirilayotgan yangi taktika reydlarga emas, balki hududni uzoq muddatli egallab turishga asoslanmoqda — bunday yondashuv hamaschilarga qayta kuch to‘plash imkonini bermaydi. Asosiy e’tibor muhandislik ishlari va izchil nazoratni o‘rnatishga qaratilgan. Bu esa katta resurs, vaqt va qismlar o‘rtasida yuqori darajadagi muvofiqlikni talab qiladi.
Strategik o‘qlar, xususan Morag o‘qiga alohida urg‘u berilmoqda. Bu o‘q Rafahni Xon Yunusdan ajratib qo‘ydi va G‘azo sektori bo‘ylab harakatni cheklab, hamaschilarning harakatini mustahkam nazoratga olish imkonini yaratdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari G‘azo hududining taxminan 30 foizini nazorat qilmoqda. Yakuniy maqsad — sektorning yarmidan ko‘proq qismni egallash. Bu HAMAS pozitsiyalarini zaiflashtirish, ularning harbiy salohiyatini cheklash va logistika yo‘llarini kesish uchun amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi
Jamiyat | 18:55
Mavzuga oid

16:07
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar

14:54
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi

22:23 / 29.05.2025
Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor

20:41 / 29.05.2025