Eron va AQSh yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlashga kelishib oldi
AQSh va Eron shanba kuni Tehronning yadroviy dasturi yuzasidan muzokaralarni boshlashini ma’lum qildi. Biroq bu muzokaralar qanday formatda o‘tadi, degan savol yuzasidan har ikki tomonning bayonotlari bir-biriga zid.

Foto: AFP
Donald Trampning ta’kidlashicha, ikki davlat vakillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvini kutsa bo‘ladi. Biroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy muzokaralar O‘mon vositachiligi orqali o‘tishi haqida aytdi.
Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvdan so‘ng muzokaralar «juda yuqori darajada» o‘tishini ma’lum qildi: «Biz ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib boramiz. Ehtimol, kelishuvga erishamiz — bu ajoyib bo‘lardi».
Aroqchiy esa X ijtimoiy tarmog‘ida «Eron va Amerika Qo‘shma Shtatlari shanba kuni O‘monda yuqori darajadagi vositachilik muzokaralarini o‘tkazadi. Bu ham imkoniyat, ham sinov. To‘p AQSh tomonida», deb yozdi.
Netanyahu ham o‘z fikrini bildirib, AQSh va Isroil «Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishini to‘xtatish masalasida birlashgan»ligini ta’kidladi.
Tramp esa shunday dedi: «Hamma biladi — Eron bilan kelishuv tuzish, uni yadroviy yo‘ldan qaytarish uchun harbiy chora ko‘rishga qaraganda ma’qulroq». Bu bilan Tramp Eron yadroviy salohiyatini harbiy yo‘l bilan yo‘q qilish imkonini nazarda tutgan.
So‘nggi paytlarda AQSh va Isroil Eronga zarba berish orqali undan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tahdidni butunlay bartaraf etishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo Trampning aytishicha, «ochiq-oydin variant» — ya’ni harbiy zarba — u istagan yo‘l emas, va ochig‘ini aytganda, agar imkon bo‘lsa, Isroil ham bu yo‘ldan qochmoqchi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Eronning davlat nashri Nour News xabariga binoan, muzokaralarda Eron tomonidan Abbos Aroqchiy, AQShdan esa Trampning Yaqin Sharq va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etadi. O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy esa vositachi sifatida qatnashadi.
Mart oyida Tramp Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xominaiyga maktub yuborib, ikki oy ichida yadroviy dastur bo‘yicha yangi kelishuvga erishishni talab qilgan. Xominaiy muzokaralarga vositachi orqali rozilik bergan. Aroqchiy yakshanba kuni «AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Vashingtonning Tehronga qaratilgan tahdidlarini hisobga olganda befoyda», degan edi.
Tramp ma’muriyati tomonidan bugungi kunda qo‘yilayotgan talablar 2015 yilda Barak Obama va boshqa davlatlar ishtirokida imzolangan yadroviy kelishuv doirasidagi shartlardan ancha oshib ketgan. O‘shanda Eron tinch yadroviy dasturi doirasida uranni boyitish huquqini olgan, evaziga yadroviy faoliyatiga vaqtincha va qattiq cheklovlar qo‘yilgan va xalqaro sanksiyalar bekor qilingan edi.
Tramp o‘zining ilk prezidentlik muddatida AQShni mazkur kelishuvdan chiqargan va Eron neftiga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Endi esa, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uoltsning ma’lum qilishicha, Eron na uranni boyitish imkoniyatiga, na yadroviy qurol ishlab chiqarish qobiliyatiga, na strategik ballistik raketalarga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
Jahon | 11:10
-
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
Jahon | 10:53
-
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
O‘zbekiston | 10:51
-
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshdi
O‘zbekiston | 10:39
Mavzuga oid

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025