Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari

Foto: NASA saytidan skrinshot
2025 yil 22 mart kuni Arktikada qishki dengiz muzlari hajmi bo‘yicha yillik eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, bu esa boshqa yillarning eng yuqori darajasi bilan solishtirganda eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda NASA hamda Kolorado-Boulder universiteti qoshidagi Milliy qor va muz ma’lumotlari markazi (NSIDC).
Qishki muz qoplami 5,53 mln mil kvadrat (14,33 mln km²) ni tashkil etdi. Bu esa 2017 yilgi rekord past ko‘rsatkich — 5,56 mln mil kvadrat (14,41 mln km²) dan ham kam.
Qorong‘u va sovuq qish faslida dengiz muzlari shakllanib, Arktika dengizlari bo‘ylab yoyiladi. Ammo so‘nggi yillarda yangi muzlar kamroq hosil bo‘lmoqda va ko‘p yillik muz zaxirasi ham to‘planmayapti. Bu yil ham so‘nggi o‘n yilliklarda kuzatilayotgan pasayish tendensiyasi davom etdi. Bu yilgi qishdagi eng yuqori ko‘rsatkich 1981–2010 yillar o‘rtacha darajasidan 510 ming mil kvadrat (1,32 mln km²)ga kam bo‘ldi.
2025 yilda Antarktikada yozgi muzlar 1 mart kuni 764 ming mil kvadrat (1,98 mln km²) gacha chekindi — bu tarixdagi ikkinchi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu 2010 yilgacha kuzatilgan o‘rtacha daraja — 1,10 mln mil kvadrat (2,84 mln km²) dan 30 foizga kam. Dengiz muzlari ko‘lami deganda, muz konsentratsiyasi kamida 15 foiz bo‘lgan okean maydoni tushuniladi.
Har ikki qutbdagi muzlar miqdorining kamayishi yana bir tarixiy oqibatga olib keldi — Yer sayyorasidagi umumiy dengiz muzlari hajmi ham eng past darajaga tushdi. Joriy yil fevral oyi o‘rtasida global miqyosdagi muz qoplami 2010 yilgacha bo‘lgan o‘rtacha darajadan 1 mln mil kvadrat (2,5 mln km²)ga kamaydi. Jami bo‘lib, Yer sayyorasida yo‘qotilgan muzlar maydoni Missisipi daryosining sharqida joylashgan butun AQSh hududiga teng maydonni tashkil etadi.
«Biz yangi yoz mavsumiga oldingi yillarga nisbatan kamroq muz zaxirasi bilan kiramiz, — dedi NASA’ning Goddard fazo parki markazi mutaxassisi Linett Boysvert. — Bu kelajak uchun yaxshi ishora emas».
Olimlar asosan AQSh Mudofaa meteorologiya yo‘ldosh dasturi (DMSP) sun’iy yo‘ldoshlariga tayanadi, ular Yerning mikroto‘lqinli radiatsiyasini o‘lchaydi. Bu tabiiy radiatsiya ochiq suv va muz qoplami orasida farq qiladi — mikroto‘lqinli tasvirlarda muz yorqin ko‘rinish beradi. Bu skanerlar bulut orqali ham ko‘ra oladi va har kuni global kuzatuvlarni amalga oshirish imkonini beradi. DMSP ma’lumotlari 1978–1985 yillarda NASA va AQSh Milliy okean va atmosfera boshqarmasi tomonidan boshqarilgan Nimbus-7 yo‘ldoshi ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi.
«Janubiy yarimshar uzoq muddatli kam muzli yangi normani boshlagani yoki bu Antarktikada vaqtincha kuzatilayotgan holatmi — bu hali aniq emas», — dedi NSIDC’dan muzshunos Valt Mayyer.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
O‘zbekiston | 11:16
-
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
Jahon | 11:10
-
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
Jahon | 10:53
-
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
O‘zbekiston | 10:51
Mavzuga oid

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi

23:01 / 22.04.2025