Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi
Avvalroq Mask voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotganlikda ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda Tramp nomi tilga olingani haqida yozgan edi.

Foto: AP / Evan Vucci
Milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idan AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi.
Avvalroq u voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotganlikda ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda Tramp nomi tilga olingani haqida yozgan edi.
«Haqiqiy bomba vaqti keldi: Donald Tramp Epshteyn fayllarida bor. Bu ularning ommaga oshkor etilmagani asl sababi. Xayrli kun, Tramp!», deb yozgan edi tadbirkor 5 iyun kuni yozgan xabarida.
Hozir bu post o‘chirib tashlangan. Mask ushbu post nega o‘chirilganiga izoh bermadi.
Avvalroq, Mask respublikachilarning AQSh budjeti taqchilligini oshiruvchi soliq imtiyozlari haqidagi «katta chiroyli qonun loyihasini» tanqid qildi. Shundan so‘ng, Donald Tramp bilan kelishmovchilik yuzaga keldi.
Mojaro vaqtida Mask prezidentning ismi Jyeffri Epshteyn jinoyat ishi bilan bog‘liq hujjatlarda borligini aytib, Trampning obro‘siga putur yetkazmoqchi bo‘ldi. Tramp haqiqatan ham Epshteynni tanigan va uning ishi bilan bog‘liq hujjatlarda tilga olingan. Ba’zi hujjatlar maxfiyligicha qolmoqda.
Bunga javoban Tramp boshqa narsalar qatori Maskning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor etish bilan tahdid qildi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:27 / 16.07.2025
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

11:05 / 16.07.2025