Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

Kay Nietfeld / dpa / Scanpix / LETA
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan Yevropa hisobidan Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish rejasi faqat doiraviy bo‘lib, batafsil emas, kim va qanday qilib Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishi hali ham noaniq, deb yozadi Reuters manbalarga tayanib.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash haqiqatda qanchalik muhim bo‘lishi va kim va qanday texnikani taqdim etishi ittifoqchilar o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralarga bog‘liq bo‘ladi. «Har doimgidek, bunday holatlarda iblis detallarda yashiringan», – deydi Shimoliy Yevropa davlatlaridan birining AQShdagi elchisi agentlikka.
Dushanba kuni NATO bosh kotibi Mark Ryutte Tramp bilan birga qurol yetkazib berishni e’lon qilarkan, qurol sotib olishda ishtirok etishga tayyor bo‘lgan oltita davlat – Finlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya va Kanada nomlarini tilga oldi. Shu bilan birga, ushbu ikki davlatning AQShdagi elchixonalaridagi yuqori martabali manbalar Reuters agentligiga bu reja haqida bevosita e’lon paytida xabar topishganini aytishgan. «Gumonimcha, ma’muriyat bu amalda nimani anglatishini endigina anglay boshladi», – dedi agentlikning yana bir manbasi.
Asosiy masala, deb yozadi Reuters, Ukrainaga Rossiya raketalaridan himoyalanish uchun juda zarur bo‘lgan Patriot batareyalarini kim va qachon yetkazib berishida. Agentlik suhbatdoshlaridan biri Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya va Ispaniyani batareyalarni jo‘natish uchun «yaxshi nomzodlar» deb atadi – ularning har birida bir nechta batareya bor va bu mamlakatlar hozirda hech qanday tahdidlarga duch kelmayapti. Shu bilan birga, Gretsiya va Ispaniya avval ham o‘z batareyalarining bir qismini Ukrainaga topshirishdan bosh tortgandi.
Hozirda Tramp ma’muriyati NATO zaxiralarini inventarizatsiya qilib, amalda qanday qurollar borligini aniqlamoqda. Shundan so‘ng, Oq uy ittifoqchilarni qandaydir «ayirboshlash» evaziga – masalan, NATO doirasida o‘z zaxiralarini ertaroq to‘ldirish evaziga Ukrainaga ba’zi qurollarni bepul berishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Tramp Ryutte bilan uchrashuvda 17 ta Patriot tizimini jo‘natishga tayyorligini, ba’zilari esa yaqin kunlarda Ukrainaga yetib borishini aytgandi, biroq, Reuters yozishicha, u qurilmalarning o‘zini emas, balki ular uchun raketalarni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin: keyinroq Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius birorta yangi Patriot tizimi Kiyevga yaqin bir necha oy ichida yetib borishining imkoni yo‘qligini aytdi.
Tramp ittifoqchilari bilan yashirin muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo hozircha ular «sust» davom etmoqda, deya xulosa qildi Reuters manbalaridan biri: «Hozir hamma „Biz yordam bera olamiz“ demoqda. Bu aynan nimani anglatishini esa bilmaymiz».
Kreml Ukraina ittifoqchilarini uni muzokaralarni davom ettirishga undashga chaqirmoqda
Rossiya Ukrainaning ittifoqchilari unga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishi uchun bosim o‘tkazishini istaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov har kungi brifingda ma’lum qildi.
«Biz barchani shunday qilishga chaqiramiz, bu holatda Qo‘shma Shtatlar - prezident Tramp va uning jamoasining vositachilik sa’y-harakatlari muhim hisoblanadi. Va ko‘plab bayonotlar berildi, umidsizlik haqida ko‘p gapirildi, lekin biz, albatta, bunga parallel ravishda Ukraina tomoniga bosim o‘tkazilayotganiga umid qilamiz», – dedi u.
Kreml vakilining fikricha, G‘arbning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi «tinchlikka signal emas, balki urushga, urushni davom ettirishga signal sifatida qabul qilinmoqda».
Rossiya va Ukraina uch yil ichida birinchi marta may oyi oxiri va iyun oyi boshida Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikki raundini o‘tkazdi. Ushbu muzokaralarda, asosan, gumanitar masalalar muhokama qilindi, shundan so‘ng tomonlar bir necha marta asirlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashdi. Shuningdek, delegatsiyalar urushni tugatish shartlari bo‘yicha o‘z qarashlari bilan memorandumlar almashdi. Iyun oyi oxirida almashinuvlar yakunlangach, muzokaralar davom etishi taxmin qilingandi, biroq bu amalga oshmadi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov kecha Ukraina tomonini muzokaralarni davom ettirishni istamaslikda aybladi – uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada iyun oyi oxirida muzokaralarning uchinchi raundi uchun aniq sana taklif qilingan, ammo bu raund o‘shandan beri Ukrainaning hech qanday bayonotlarida, ularning g‘arblik kuratorlari ularga beradigan hech qanday maslahatlarda tilga olinmagan.
Shu kunlarda Reuters agentligi Kremldagi manbalariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu paytgacha u bilan hech kim jiddiy muzokaralar boshlamagan deb hisoblashi haqida yozgan edi. Agentlik manbalariga ko‘ra, Putinning talablari bir necha oy oldin, Istanbuldagi muzokaralardan oldin ilgari surilgan talablar bo‘lib qolmoqda — bu, birinchi navbatda, Rossiyaning Ukrainaning barcha anneksiya qilingan hududlari ustidan suverenitetini tan olish va NATOning sharqqa kengaymasligini qonuniy kafolatlashdir.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

22:29 / 09.08.2025
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ

21:33 / 09.08.2025
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState

18:17 / 09.08.2025
Ukrainaliklar o‘z yerlarini bosqinchiga sovg‘a qilmaydi – Zelenskiy

15:16 / 09.08.2025