Jahon | 10:22 / 07.06.2025
10070
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar: Rossiyaga bombardimonchilarni almashtirish uchun yillar kerak bo‘ladi

Rossiya harbiy sanoat ishini murakkablashtiradigan moliyaviy resurslar va sanksiyalar tufayli yangi bombardimonchi samolyotlar ishlab chiqarishni tezlashtira olmaydi, deydi aviatsiya mutaxassislari.

Foto: Maxar/Eyepress/picture alliance

Rossiya harbiy aerodromlariga Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumi natijasida shikastlangan strategik jangovar samolyotlarni almashtirish uchun Rossiyaga yillar kerak bo‘ladi, deb xabar berdi 6 iyun, juma kuni Reuters agentligi ushbu sohadagi g‘arb ekspertlariga tayanib. Bu yo‘qotishlar «Rossiya armiyasining o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlayotgan asosiy kuchlariga jiddiy bosim o‘tkazadi», dedi agentlikka Qirollik birlashgan mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) eksperti Jastin Bronk.

Bombardimonchilarning yo‘qotilishi Rossiyaning yadroviy salohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi dargumon, uning yadroviy kuchlari asosini quruqlikdan va suvosti kemalaridan uchiriladigan raketalar tashkil etadi, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, foydalanishdan chiqarilgan samolyotlar Rossiya Aerokosmik strategik kuchlarining bir qismi bo‘lib, ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davomida Ukraina hududida qanotli raketalarni uchirish uchun ishlatilgan, deb ta’kidlaydi Bronk.

Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) «Pautina» operatsiyasi paytida shikastlangan samolyotlarning aksariyati sovet davrida ishlab chiqarilgan, so‘nggi yillarda mashinalar faqat modernizatsiya qilingan, shuning uchun ularni to‘liq almashtirish dargumon, deb ta’kidlaydi aviatsiya eksperti Duglas Barri.

Mavzuga oid