Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Tashabbus mualliflarining ta’kidlashicha, migrantlar mamlakatdagi rasmiy maoshidan ortiqcha pulni chet elga yubormasligi kerak. Bu boradagi tegishli taklif mamlakat Markaziy banki rahbariga yuborilgan.

Foto: mskagency.ru
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari cheklanishi mumkin. «Noviye lyudi» partiyasi deputatlariga ko‘ra, ishlash uchun kelgan chet elliklar xorijga o‘zlarining rasmiy maoshidan ko‘proq mablag‘ o‘tkazmasligi kerak.
Tashabbus mualliflari Aleksey Nechayev, Sardana Avksenteva va Vladimir Plyakin nuqtai nazaricha, bunday taqiq «moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq tushumlarini oshirish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash» uchun kerak. Taklif mamlakat Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaga yuborilgan.
Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, amaldagi qonunlarda pul o‘tkazmalari miqdori migrantlarning rasmiy maoshlariga mos kelishi nazorat qilinishini ta’minlaydigan samarali mexanizmlar mavjud emas. Ularning fikricha, bu chet el fuqarolariga noqonuniy daromadlarni yashirish, soliqdan qochish va Rossiyadan pul olib chiqib ketish imkonini beradi. Ruxsat etilganidan ko‘proq miqdordagi pulni xorijga yubormoqchi bo‘lgan migrantlardan esa olgan daromadi qonuniyligini tasdiqlovchi deklaratsiya talab etiladi. O‘z navbatida banklar shubhali tranzaksiyalarga chek qo‘yish uchun chet elliklarning moliyaviy operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytirishi kerak.
Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi migrantlar uchun qo‘shimcha davlat boji joriy etish bo‘yicha qonun loyihalarini ko‘rib chiqishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berganlik yoki qayta rasmiylashtirganlik uchun – 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun – 4200 rubl, patent yoki mehnat ruxsatnomasining dublikatini berganlik, ularga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun – 2100 rubl miqdorida yig‘im joriy etish taklif qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:14
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

18:40
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

11:02