Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilishda davom etdi. Unga tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful hamda Germaniya va Yevropaning boshqa rasmiylari ham qo‘shildi.

Foto: Ahmad Hasaballah / Getty Images
Germaniya kansleri Fridrix Mers hukumatda Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlarining ehtimoliy oqibatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalari haqida gapirdi. 27 may, seshanba kuni Finlandiyaga tashrifi chog‘ida siyosatchi «so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan voqealarni juda tanqidiy» deb aytdi. «Tinch aholining taqdiri va dahshatli iztiroblari bizni larzaga soldi», — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP jurnalistlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati rahbari bu masala bo‘yicha Isroil rasmiylari bilan muzokaralarni «jonlantirish»ga va’da bergan.
U Isroilga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligiga aniqlik kiritmadi: «Bizning yordamimiz qay darajada davom etishi masalasi hukumatdagi ichki maslahatlashuvlar mavzusi», dedi u va qarorlar ma’qullangan taqdirda ham «oshkora e’lon qilinmasligini» ta’kidladi, deb yozadi AFP.
Isroilning G‘azo sektoriga nisbatan siyosatini tanqid qilishga Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful ham qo‘shildi. WDR nashriga bergan intervyusida u Berlinni yahudiy davlati bilan birdamlikka majburlab bo‘lmasligini aytdi: «Bizning antisemitizmga qarshi qat’iy kurashimiz va Isroil davlatining mavjud bo‘lish huquqi va xavfsizligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimiz G‘azo sektorida olib borilayotgan mojaro va urush manfaatlarida ishlatilmasligi kerak», dedi u va Falastinda aholining ahvolidan xavotirda ekanligini aytdi.
«Biz hozir keyingi qadamlarimiz haqida juda puxta o‘ylashimiz kerak bo‘lgan bosqichda turibmiz», deb davom etdi siyosatchi.
Germaniya moliya vaziri va sotsial-demokratlar partiyasidan vitse-kansler Lars Klingbayl ham avvalroq hukmron koalitsiya Isroilga siyosiy bosimni kuchaytirishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin sodir bo‘layotgan voqealar «endi qabul qilib bo‘lmas» ekanini ochiq ko‘rsatishi kerak.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti
Jahon | 09:16
-
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
-
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi
Jahon | 08:44
-
Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

08:44
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi

07:41
Isroil – Eron urushi: hech kim yutmadi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025