“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Farmonga ko‘ra, milliy dastur prezident farmonida nazarda tutilgan “Yorqin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- har yili 1 500 nafargacha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishga salohiyatli umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;
- saralab olingan o‘quvchilar agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘qish tashkil etiladi.
Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanadi:
▪️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat (maktab) ning 10-sinf o‘quvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 40 nafar o‘quvchiga dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili 1 marotaba qatnashish;
▪️ Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish xarajatlarini belgilangan tartibda qoplash;
▪️maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan o‘quvchilarning oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilinishiga qarab, mazkur farmonga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
-
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
-
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab o‘nlab aholi punktlari evakuatsiya qilindi
Jahon | 18:07
-
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

12:01 / 04.06.2025
O‘rmon agentligi tashkil etildi

14:22 / 22.05.2025
Ayrim bitiruvchilarning xorijda ta’lim olishi uchun kvotalar ajratiladi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

10:46 / 22.05.2025