“Tokiodagi o‘zbeklarning o‘g‘riligi O‘zbekiston imijiga minus” – Yaponiyadagi elchi bilan suhbat
Kun.uz Yaponiyaga safari davomida O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov bilan suhbatlashdi. Elchiga ko‘ra, yapon hukumati sayyohlik vizasini berishni qiyinlashtirishi mumkin. Sababi o‘qish, turizm maqsadida kelganlarning noqonuniy muhojirga aylanib, jinoyatlar qilayotgani. Suhbatda Yaponiyaning Markaziy Osiyoga qarashi, iqtisodiy rejalar, kutilayotgan sammit hamda Osakadagi ko‘rgazma xususida ham so‘z boradi.

Osaka Expo 2025’da O‘zbekiston ancha faol, davlat milliy paviloni hozir 10 ta eng yaxshilar tarkibida. Ayniqsa, Xiva juma masjidini eslatuvchi yondashuv ko‘proq tashrif buyuruvchilarni o‘ziga rom etmoqda. Kun.uz Yaponiyaga safari davomida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi – Muhsinxo‘ja Abdurahmonov bilan suhbatlashdi. Ko‘rgazmadagi ishtirokdan boshlangan muloqotda bu mamlakatdagi o‘zbeklar, viza siyosati, ikki davlat aloqalari kun tartibi, rejalar, o‘tgan yili qoldirilgan Yaponiya bosh vaziri safari haqida ham so‘radik.
“Yaponiya-Markaziy Osiyo” sammiti kuzda o‘tkaziladi
O‘tgan yilning avgust oyida Yaponiyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Fumio Kishida davlatda zilziladan keyin kutilayotgan to‘fonni deb Markaziy Osiyoga rejalagan safari hamda davlat rahbarlari ishtirokidagi sammitni kechiktirgan edi. Oradan ozgina vaqt o‘tib, Yaponiyada saylov o‘tkazildi hamda hukumat almashdi. Elchi Muhsinxo‘ja Abdurahmonovga ko‘ra, ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ayni tadbir tashkilotchiligi ustida ishlamoqda. Shu yilning kuz oylarida bosh vazir Shigeru Ishiba mintaqaga safar qiladi va sammitni ham o‘tkazib qaytadi.
Tokioda qo‘lga olinganlarning sudi iyun oyida o‘tadi
Tokioda O‘zbekistonning besh fuqarosi talonchilik, o‘g‘rilikda gumonlanib hibsga olingan. Ularning hammasi Yaponiyada noqonuniy ravishda yurgan. Politsiya Tokioning Shibuya tumanida ularni qo‘lga olarkan, gumonlanuvchilar o‘tgan dekabr oyida mushtlashuv uyushtirgan, o‘g‘irlikka uringan, mast yaponlarning kredit kartalarini olib, foydalanmoqchi bo‘lgan. Jinoyatlar ketma-ket fevral oyiga qadar sodir etilavergan, hozir politsiya qo‘lga olinganlarning boshqa ishlarga aloqadorligini tekshirmoqda. Elchi Abdurahmonovga ko‘ra, bu besh yigitning qilmishlari O‘zbekiston imijiga jiddiy salbiy zarba berdi. Iyun oyida ularning sudi bo‘lib o‘tadi va taqdiri hal qilinadi.
“O‘qish, turist bo‘lib kelib, shartnomalarini buzib, noqonuniy muhojirga aylanib ketgan yurtdoshlarimiz ham afsuski, kam emas. Hozir O‘zbekistondan turist sifatida keluvchilar soni oshdi, yapon hukumati viza berishni biroz yengillashtirgandi, ammo bunday voqealardan keyin yana viza berish qiyinlashtirilishi ehtimoli yo‘q emas. Boshqa vatandoshlarga ham zarar yetkazmasligi uchun Yaponiyaga kelgan o‘zbeklardan qonun-qoidalarga bo‘ysunishlarini so‘ragan bo‘lardik”, deydi O‘zbekiston elchisi.
IT mahsulotlari eksporti bu yil 3 mln dollarga yetishi mumkin
Yaponiya geografik jihatdan O‘zbekistondan juda uzoqda, oradagi masofa qariyb 6 ming kilometrni tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramay, ikki davlatning muloqoti maromida davom etmoqda. Yaponiyada ayniqsa, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quruq mevalari mashhur. Elchiga ko‘ra, tekstil sanoatida ham hamkorlik rivojlanmoqda.
Imabari shahrida sochiqlar ishlab chiqariladi, bu brend butun dunyoga mashhur. Aynan shu kompaniya o‘zbek paxtasidan mahsulot ishlab chiqarmoqda, tekstil sanoatida hamkorlik kengayib boryapti, deydi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov.
Bundan tashqari, IT sohasida potensial yuqori, kelajakda asosiy savdo sohasi shu bo‘ladi. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalishda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yapon kompaniyalari soni shu kecha-kunduzda 16 tani tashkil qiladi, yana 20 tasi rasman ro‘yxatga o‘tish uchun ariza topshirgan. O‘tgan yili IT mahsulotlari eksporti 1,8 mln dollarga yetgan, bu yil 3 mln dollarga chiqishi kutilmoqda.
Nega yaponlar ingliz tilini bilmaydi?
Yaponiya aholisi deyarli 125 million kishi, biroq bu mamlakatda aholi soni kamayib bormoqda. Osaka shahrida 8,8 million kishi yashasa, poytaxt Tokioda qariyb 40 million odam bor. Yaponiyada aksariyat yaponlar yashaydi, aholi ham asosan yapon tilida muloqot qiladi. Xalqaro mehmonxonalar, metro bekatlari, hattoki aeroportlarda ham ingliz tilida gapiradigan xodimlarni kam uchratasiz. Elchiga ko‘ra, bu yapon mentaliteti bilan bog‘liq. Ya’ni bu davlat okeanda joylashgan, yagona davlat – yagona millat – yagona til degan tushuncha bor, mamlakat aholisi o‘zini xorijiy tillarni bilishga majbur deb hisoblamaydi, deydi elchi. Lekin dunyo bilan ishlovchi kasb egalari juda yaxshi biladi, deydi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov.
Suhbatni Kun.uz'ning YouTube sahifasida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi
Jahon | 14:59
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
Mavzuga oid

11:09
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

16:51 / 11.06.2025
Rossiya O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmoqda – Mariya Zaxarova

23:50 / 08.06.2025