Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ruID orqali ariza topshirmaslik Rossiyaga kirishga to‘sqinlik qilmaydi – Rossiya elchixonasi
Rossiyaga borishdan oldin ruID orqali ariza to‘ldirish ixtiyoriy ekani ma’lum qilindi. Ayni paytda, ilovada ariza to‘ldirish – RFga kirishga cheklov bor-yo‘qligini oldindan bilish, Rossiya SIM-kartasini sotib olish va davlat xizmatlari uchun profil yaratish imkonini beradi.

Foto: Sputnik / Aleksandr Kryajyev
Rossiyaga kirish uchun ruID mobil ilovasi orqali to‘ldirilgan arizaning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi va chegara nazoratiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
«Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 11.07.2024 yildagi 1510-sonli qaroriga qo‘shimcha ravishda ma’lum qilamizki, Rossiya hukumati sinovning bir qismi sifatida ruID ilovasidan foydalangan holda Rossiyaga kirish uchun ariza to‘ldirishning ixtiyoriy xususiyatiga oid yondashuvni ma’qullagan», deyiladi diplomatik missiya xabarida.
Shu bilan birga, elchixona ruID orqali arizani to‘ldirishning afzalliklarini sanab o‘tdi:
- Ichki ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirishga cheklovlar mavjudligini oldindan tekshirish imkoniyati;
- Rossiya SIM-kartasini sotib olish uchun zarur bo‘lgan SNILS-ni avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish;
- davlat organlari bilan onlayn o‘zaro hamkorlik qilish va xizmatlarni olish uchun raqamli profil yaratish (masalan, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisini ro‘yxatdan o‘tkazish, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish va boshqalar).
Avvalroq Rossiyaning Qozog‘istondagi elchixonasi ham ma’lumotlarni ruID orqali to‘ldirish ixtiyoriy ekanini e’lon qilgan edi.
Shu bilan birga, Rossiya hukumati tomonidan ruID ilovasidan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan qoidalar ixtiyoriylik haqida gapirmaydi. Aksincha, «sinov chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun majburiy» ekani qayd etilgan. Ehtimol, Rossiya rasmiylari mobil ilovaning 30 iyun kuni rasman ishga tushirilishidan oldin talablarni yumshatgandir.
Avvalroq, 2025 yil 30 iyundan 2026 yil 30 iyungacha Rossiya hududiga vizasiz tartibda kirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlar va nogiron shaxslarning qonuniy vakillari uchun ruID ilovasi orqali sinov shaklida raqamli ro‘yxatga olish joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.
ruID mobil ilovasi yetti tilda mavjud: ingliz, arman, qozoq, qirg‘iz, rus, tojik va o‘zbek. Uni RuStore, Google Play, AppGallery va App Store marketlaridan yuklab olish mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
Mavzuga oid

16:30
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi

15:49
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

15:10
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi

14:40