O‘zbekiston elchisi Andorra knyazi-hamraisiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Farrux Tursunov Andorra knyazi-hamraisi, Urxelsk yepiskopi Joan Enrik Vives-i-Sisilga ishonch yorliqlarini topshirdi. Tantanali marosimdan keyingi suhbatda Andorra hamraisi O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekistonning Andorraga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Madrid shahrida joylashgan) Farrux Tursunov Andorra knyazi-hamraisi, Urxelsk yepiskopi Joan Enrik Vives-i-Sisilga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Qayd etilishicha, tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Urxelsk yepiskopi elchini samimiy qutlab, O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlar jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib borishini ta’kidlagan.
Andorra hamraisi O‘zbekiston millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning muvaffaqiyatli namunalarini ko‘rsatayotgani, 130 dan ortiq millat va elatlar, shuningdek, 2000 dan ortiq diniy tashkilotlar tinch va o‘zaro hurmat muhitida istiqomat qilayotganini e’tirof etgan.
Uchrashuvda Andorra kichik bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgani, uni muhim va hurmatli hamkor sifatida qabul qilishi alohida qayd etilgan. O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, xususan Samarqand shahrining buyuk tarixi va madaniy merosiga e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, Andorra hamraisi O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirgan va andorralik yoshlarning boy tarix va madaniyatga ega mamlakatlarga qiziqishi ortib borayotgani, O‘zbekiston esa bunday yo‘nalishlar orasida alohida o‘rin tutayotganini ta’kidlagan.
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida 2023 yil 7 dekabr kuni Madrid shahriga tashrif buyurgan edi. Diplomat 2024 yilning aprel oyida O‘zbekiston elchisi sifatida Ispaniya qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Shuningdek, Farrux Tursunov mamlakatimizning BMT Turizm tashkilotidagi (avvalgi Butunjahon turizm tashkiloti) doimiy vakili hisoblanadi. Bundan tashqari, elchi Farrux Tursunov shu yil mart oyida Andorra hamraisi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:36
-
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi
Jahon | 18:01
-
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45
-
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid

13:17 / 18.01.2024
O‘zbekistonga Ispaniya investitsiyalari va texnologiyalari jalb etiladi

18:44 / 22.12.2023
O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi elchisi ish boshladi

17:26 / 07.12.2023
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi

10:32 / 23.10.2023