O‘zbekiston | 18:44 / 22.12.2023
3361
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi elchisi ish boshladi

Farrux Tursunov Ispaniya Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi elchisi Farrux Tursunov 22 dekabr kuni Ispaniya Tashqi ishlar vazirligining Protokol departamenti bosh direktori Mariya Sebastyan de Erisga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. 

Qayd qilinishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlar o‘rtasida mavjud ulkan salohiyatdan to‘liq foydalanish va unga amaliy tus berish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. 

Farruh Tursunov 7 dekabr kuni Toshkentdan Madridga yetib bordi. Diplomat 50 yoshda. TIV tizimida 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008-2012 yillarda) va Yaponiyadagi (2012-2017 yillarda) elchixonasiga rahbarlik qilgan. U 2018 yildan buyon TIV Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.

Mavzuga oid