Iqtisodiyot | 13:17 / 18.01.2024
4890
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Ispaniya investitsiyalari va texnologiyalari jalb etiladi

O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning Ingeser kompaniyasi rahbari Ignasio Dusmet bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: «Dunyo» AA

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Ignasio Dusmetning aytishicha, Ingeser Ispaniyaning 45 yildan ortiq tajribaga ega yetakchi muhandislik kompaniyasi hisoblanadi.

«Kompaniya shaharsozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va logistika, arxitektura, kimyo va «yashil» energiya sohalarida dizayn bilan shug‘ullanadi, dedi u. - Bugungi kunga qadar kompaniya ishlab chiqarish va boshqaruv jarayoniga raqamlashtirishni joriy etish orqali samarali yechimlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha dunyo bo‘ylab 3 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan».

Ispaniya tomoni, shuningdek, kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarda ishtirok etishiga qiziqishini tasdiqladi.

Mavzuga oid