Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi
U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Farrux Tursunov Madrid shahriga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Diplomat 1973 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Farrux Tursunov Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994 yildan buyon turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida, Qozog‘iston (2008−2012 yillar) va Yaponiyadagi (2012−2017 yillar) elchixonalarga rahbarlik qilgan.
Tayinlovga qadar u 2018 yildan buyon TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgandi.
U Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

10:20 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Ispaniyaning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14:21 / 31.05.2024
Ispaniyada kataloniyalik ayirmachilar uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

12:37 / 22.05.2024