Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Donald Tramp ushbu qarorni Muhammad bin Salom va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilganidan keyin qabul qilgan.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Bashar Asad rejimi qulagani bois Suriyadan sanksiyalarni olib tashlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.
«Suriyaga buyuklik sari yana bir imkon berish uchun ularga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni buyuraman», — deydi Tramp Saudiya Arabistonidagi investitsiya forumi doirasida.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorni Suriyadagi vaziyatni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muhokama qilganidan keyin qabul qilgan.
Bashar Asad rejimi 2024 yil dekabrda ag‘darildi. Suriya sobiq prezidenti Rossiyaga qochib, u yerdan boshpana oldi. Asad ag‘darilganidan keyin Suriyaning o‘tish davri prezidenti etib Ahmad ash-Shar’a e’lon qilindi.
Donald Trampning Yaqin Sharqqa safari — bu uning AQSh prezidentligi lavozimiga qaytganidan beri amalga oshirgan birinchi yirik rasmiy xorij safari hisoblanadi. Axios ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif davomida Tramp Ahmad ash-Shar’a bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid

19:00 / 18.05.2025
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:56 / 17.05.2025