YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi
YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromaddan 1 milliard yevroni Kiyevni Rossiya agressiyasidan himoya qilishda qo‘llab-quvvatlash uchun Ukraina mudofaa korxonalariga o‘tkazadi.

Foto: AFP via Getty Images
Yevropa Ittifoqi Ukraina mudofaa korxonalarida ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan mablag‘dan 1 milliard yevro ajratdi. «Ukraina o‘zini yaxshiroq himoya qilishi uchun (Rossiyaga qarshi mudofaa urushida) Ukraina mudofaa sanoati uchun hozirgina bir milliard yevro ajratdik», dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas 9 may, juma kuni Lvivda bo‘lib o‘tgan YeI tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida. Ushbu mablag‘lar «kelgusi oylarda qo‘shimcha harbiy yordam beradi, bu juda muhim», dedi Kallas.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning ta’kidlashicha, uning mamlakati, o‘z navbatida, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘ni Fransiyada ishlab chiqarilgan va «Rossiya hujumlarini qaytarish uchun» Ukrainaga yetkazilgan 60 ga yaqin Caesar gaubitsalarini ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ishlatadi. «Biz tinchlikni xohlaymiz va bugungi kunda tinchlik yo‘lida faqat Moskva to‘siq bo‘lib turibdi», — deya qo‘shimcha qildi Barro.
«Ukraina qurollari uchun Rossiya puli. Bugun YeI Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun deyarli 1,9 milliard yevro ajratish niyatini rasman e’lon qildi. Bu tarixiy qaror, chunki Ukraina uchun qurol muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Yevropa Tinchlik jamg‘armasi orqali olingan daromadlar hisobiga sotib olinadi», deb yozdi Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal Lvivda o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Telegram kanalida.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
Mavzuga oid

09:43
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi

08:51
Mers: Istanbuldagi muzokaralar - «birinchi ijobiy signal»

00:06
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi

20:58 / 16.05.2025