Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Juda afsusdamiz – Yevropa yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralariga izoh berdi
Yevropaning yetakchi davlatlari rahbarlari muzokaralarda Rossiya tomonidan qo‘yilgan shartlarni «qabul qilib bo‘lmas» degan qarorga keldi.

Foto: REUTERS
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari Istanbulda o‘tgan Rossiya-Ukraina muzokaralari yakunlaridan afsusda ekanini yashirmadi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers: «Zelenskiy bilan birgalikda Rossiya shu hafta o‘t ochishni to‘xtatishga olib keluvchi tinchlik shartnomasi bo‘yicha birinchi muzokaralarni o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekaniga yakdil edik. Bu yuz bermaganidan juda afsusdamiz».
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron: «Biz prezident Tramp bilan Ukraina va yevropaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan amerikaliklar qo‘ygan talablarga Rossiyaning javob bermasligini qabul qilib bo‘lmas ekanini muhokama qildik. O‘t ochishni to‘xtatish va qaror qabul qilish darajasidagi hech qanday uchrashuv bo‘lmadi».
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer: «Rossiyaning pozitsiyasini qabul qilib bo‘lmaydi va bu birinchi marta yuz bermayapti. Shu tufayli prezident Zelenskiy bilan uchrashamiz va prezident Tramp bilan muzokaralar davomida javoblarimizni yaqindan muvofiqlashtiramiz va bu amaliyotni davom ettiramiz».
Polsha bosh vaziri Donald Tusk: «Rossiya tomoni ezgu iroda ko‘rsatmadi, amerikaliklar oldida muzokara o‘tkazishni istamadi va qabul qilib bo‘lmaydigan shartlarni qo‘ydi».
Xabar qilinishicha, muzokaralar yakunida Yevropa yetakchilari, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Turkiyadagi uchrashuvini AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina haqiqiy tinchlik uchun «tezkor qadamlar tashlashga» tayyor.
«Bizning pozitsiyamiz shundan iboratki, agar rossiyaliklar to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish va qotilliklarga barham berishdan bosh torsa, u holda kuchli sanksiyalar bo‘lishi kerak. Rossiyaga nisbatan bosim Rossiya urushni tugatishga tayyor bo‘lgunga qadar davom etishi kerak», dedi Ukraina prezidenti.
Polsha bosh vaziri Donald Tusk Tramp bilan suhbatdan so‘ng, Rossiya tomoni «de-fakto muzokaralarni to‘xtatganini va o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortganini» aytdi. «Bosimni oshirish vaqti keldi», deb qo‘shimcha qildi u.
Ukraina diplomatik manbasining aytishicha, Rossiyaning Istanbuldagi muzokaralari chog‘ida qo‘ygan talablari «real emas» va avvalroq muhokama qilinganidan ham oshib ketgan. Oliy Rada deputati Oleksiy Goncharenkoning ta’kidlashicha, Rossiya «o‘z Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha hududlardan» Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

23:17 / 10.07.2025
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

20:32 / 10.07.2025