Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
AQSh vositachiligida olib borilgan muzokaralardan so‘ng, Hindiston va Pokiston to‘liq va darhol kuchga kiruvchi otashkesimga rozi bo‘ldi, deya e’lon qildi Donald Tramp. Uning so‘zlarini rasmiy Dehli va Islomobod ham tasdiqladi.

Foto: Mukhtar Khan/AP
«Amerika Qo‘shma Shtatlari vositachiligida olib borilgan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, Hindiston va Pokiston to‘liq va darhol kuchga kiruvchi otashkesimga rozi bo‘lganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman», deb yozdi AQSh prezidenti 10 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Tramp ikkala davlatni ham «sog‘lom fikr va yuksak aql bilan harakat qilgani» uchun tabrikladi.
Bu bayonotdan keyin Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar ham darhol kuchga kiruvchi otashkesimni tasdiqladi.
«Pokiston va Hindiston darhol kuchga kiruvchi otashkesimga rozi bo‘ldi. Pokiston har doim mintaqada tinchlik va xavfsizlik uchun intilib kelgan, bu yo‘lda o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligi borasida hech qachon murosa qilmagan!» deb yozgan Dar.
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar ham otashkesimni tasdiqladi.
«Bugun Hindiston va Pokiston o‘q uzish va harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Hindiston doimo terrorizmning barcha shakl va ko‘rinishlariga nisbatan qat’iy va murosasiz pozitsiyani saqlab kelgan. Bu yo‘ldan bundan keyin ham chekinmaydi», deb yozgan Hindiston bosh diplomati.
Eslatib o‘tamiz, 6 may kuni kechqurun Hindiston «Sindur» harbiy operatsiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi, uning doirasida mamlakat qurolli kuchlari Pokistondagi «terrorchilik infratuzilmalari»ga, shuningdek, Hindiston, Pokiston va Xitoy o‘rtasida bo‘lib olingan bahsli hudud – Kashmirning Pokiston hududidagi qismiga raketa zarbalari yo‘lladi. Bunga avvalroq Kashmirda ro‘y bergan terakt sabab qilib ko‘rsatildi.
Hindiston hujumiga javoban Pokiston harbiy-havo kuchlari va armiyasi Hindiston hududiga «ham havodan, ham yerdan» zarbalar berdi.
So‘ngi kunlarda vaziyat yanada keskinlashgan, xususan, kecha tunda Pokiston tomoni «Banyan-ul-Marsus» («Mustahkam devor») deb nomlangan keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23
-
“Tokiodagi o‘zbeklarning o‘g‘riligi O‘zbekiston imijiga minus” – Yaponiyadagi elchi bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:12
-
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi
Jahon | 17:07
-
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 17:04
Mavzuga oid

17:07
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

14:24
VsIOM: Rossiyaliklar Ukraina va AQShni o‘zlarining asosiy dushmani deb hisoblashmayapti

11:15
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi

10:24