AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
AQSh Oliy sudi 348 202 venesuelalik muhojirni himoyalangan maqomdan mahrum qilish bo‘yicha ishda hukumat tomonini oldi. Avvalroq San-Fransisko sudyasi qarorga veto qo‘ygan edi.

Foto: Jose Luis Gonzalez/REUTERS
AQSh Oliy sudi Tramp ma’muriyatining 350 mingga yaqin venesuelalik muhojirlarning himoyasini olib tashlash rejasini ma’qulladi. Tegishli hujjat 19 may, dushanba kuni sud saytida e’lon qilindi.
Qaror 2023 yilda vaqtinchalik himoyalangan maqom (Temporary Protected Status, TPS) olgan 348 202 venesuelalik muhojirga taalluqlidir, deb xabar beradi Reuters. AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi avvalroq ularning maqomini bekor etishga qaror qilgan edi, biroq San-Fransiskodagi federal sudya unga veto qo‘ydi. Endi Oliy sud hokimiyat tarafini oldi.
Avvalroq Ichki xavfsizlik vazirligi CHNV (Cuba, Haiti, Nicaragua, Venezuela) dasturi bo‘yicha AQShda qolgan Kuba va Gaiti, Nikaragua va Venesueladan 500 mingdan ortiq muhojirni deportatsiya qilish rejasini e’lon qilgan edi. U 2022 yil oktabr oyida Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ishga tushirilgan.
Mavzuga oid

08:44
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi

08:37
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi

08:22
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

23:34 / 04.07.2025