“Bu Coca-Cola'ni kimga ulashmoqchisiz?” degan afsonaviy kampaniya dunyo bo‘ylab o‘zining zafarli yurishini davom ettirib, O‘zbekistonga yetib keldi!
Coca-Cola o‘zining eng mashhur va muvaffaqiyatli kampaniyalaridan birini qayta ishga tushirmoqda. Uning doirasida do‘kon peshtaxtalarida qadoqlarida ismlar yozilgan Coca-Cola mahsulotlarini topish mumkin. Coca-Cola doimo ijobiy his-tuyg‘ular bilan bo‘lishishga ilhomlantirgan va bu kampaniya ularni hatto shaxsiylashtirish imkonini beradi.

Foto: Coca-Cola
2011 yilda “Bu Coca-Cola'ni kimga ulashmoqchisiz?” kampaniyasi ilk bor boshlanganida, u brend tarixidagi eng yirik marketing kampaniyalaridan biriga aylandi. Coca-Cola'ning mashhur logotipini taniqli ismlar bilan almashtirib, butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni ichimlikni yaqinlari bilan ulashishga undadi.
Bu yil Coca-Cola yanada ko‘proq mashhur ism va taxalluslarni qo‘shdi. Shunday qilib, har kim o‘ziga yaqin bo‘lganini topib, boshqalar bilan bo‘lishishi mumkin. Ushbu kampaniya e’tibor ko‘rsatish yoki hatto voqealar rivojini yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun ba’zan shunchaki ulashish kifoyaligini eslatadi.
Kundalik hayotda biz ko‘pincha haqiqiy ismlarni mehribon yoki do‘stona taxalluslarga almashtiramiz - bu yaqinlarimizga yanada ko‘proq yoqimli his-tuyg‘ularni hadya etish imkonini beradi. Iste’molchilarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda, Coca-Cola ismli yorliqlar qatorini kengaytirdi. Unga yoshlar orasida ayniqsa mashhur bo‘lgan va uzoq vaqtdan beri ularning jonli muloqotining bir qismiga aylangan yangi murojaatlarni qo‘shdi. Masalan, yaqinlarim va qarindosh - iliq taassurotlar va samimiy tuyg‘ularni uyg‘otadigan oddiy so‘zlar.
Ismli Coca-Cola do‘kon peshtaxtalarida paydo bo‘ldi va tez orada butun mamlakat bo‘ylab barcha savdo nuqtalarida sotuvga chiqariladi.
“Bu shunchaki kampaniya emas! “Share a Coke” asl mo‘jizaga bo‘lgan ishonchimizni - odamlar bir joyda to‘planib, muhim narsalarni baham ko‘rganlarida paydo bo‘ladigan quvonchni o‘zida mujassam etadi. Raqamli va o‘tkinchi o‘zaro ta’sirlar hukmron bo‘lgan dunyoda Coca-Cola - ism, ma’no va xotiralar orqali haqiqiylikni taklif etadi. Biz odamlarni bir-biriga e’tiborli bo‘lishga, iliq so‘zlar uchun, oddiy kunni o‘ziga xos kunga aylantiradigan kichik imo-ishoralar uchun sabab topishga undamoqchimiz,” - dedi marketing bo‘yicha direktor Salima Talipova.
Kampaniya doirasida respublika bo‘ylab 10 ta universitetda “Share a Coke” maydonchalari tashkil etiladi. U yerda Coca-Cola qadog‘ini real vaqt rejimida talabalarga shaxsiylashtirish imkonini beruvchi maxsus avtomatlar o‘rnatiladi.
Shuningdek, 1 maydan 30 sentabrgacha xaridorlar oltin qopqoqdagi QR-kodni skanerlab, sovrinlar o‘yinida ishtirok etishlari mumkin:
- 0,5 l va/yoki 1 l sig‘imli plastik butilkalardagi “Coca-Cola Classic”;
- 1 litrli plastik butilkalardagi “Coca-Cola Zero Sugar”;
- 0,25 litrli shisha butilkalardagi “Coca-Cola Classic ”;
Telegram-bot orqali kodni kiritib, ishtirokchilar ko‘plab sovg‘alardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, jumladan:
- “Ikkichi” bilan hamkorlikda yaratilgan brendli mahsulotlar;
- Yandex sovg‘alari: obunalar va ballar;
- KFC va Domino‘s’da kombo chegirmalar;
- 10 million so‘m miqdoridagi pul yutug‘i.
Coca-Cola kompaniyasi dunyoni qanday yangilayotgani va yaxshilayotganini bilish uchun @cocacolacouzb korporativ sahifasiga obuna bo‘ling.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun Istanbulga kelmaydi
Jahon | 08:00
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
Mavzuga oid

18:07 / 12.02.2025
Rossiya Afg‘onistondan Coca-Cola olib kelishni yo‘lga qo‘ydi

17:25 / 28.01.2025
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi

17:00 / 29.12.2024
Coca-Cola bayram shukuhini yaratmoqda: mashhur karvon O‘zbekistonning 10 ta shahriga tashrif buyurdi

16:00 / 08.10.2024