Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi
2022 yil fevralida Rossiyaga tegishli An-124 samolyoti Xitoydan Torontoga COVID-19 testlarini yetkazib bergan edi. Ukrainadagi urush boshlangach, samolyot Kanada tomonidan hibsga olindi.

Foto: Tom Podolec
Kanada Rossiyaning An-124 «Ruslan» yuk samolyotiga bo‘lgan huquqni o‘zlashtirish va uni Ukrainaga topshirish ishi bo‘yicha oldinga siljidi, deb xabar berdi INsauga.
«Kanada bosh prokurori 2025 yil 18 mart kuni Ontario Oliy sudiga samolyotni musodara qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, jarayonni boshladi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyida Rossiyaning «Volga-Dnepr» yuk aviakompaniyasi An-124 samolyotida Xitoydan Torontoga COVID-19 testlarini yetkazib bergan edi.
Keyinchalik «Ruslan» Kanadani tark etishi kerak edi, biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin samolyot kanadaliklar tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli hibsga olindi. Shundan beri samolyotga egalik qilish huquqi kanadaliklar va ruslar o‘rtasida davom etayotgan sud jarayoniga sabab bo‘lmoqda.
Bu vaqt davomida samolyot «Toronto Pirson» xalqaro aeroportining «diqqatga sazovor» obektiga aylandi.
2023 yil aprel oyida Kanada samolyotni Ukrainaga topshirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal so‘zlariga ko‘ra, Kiyev An-124 samolyotini musodara qilishga allaqachon tayyorgarlik ko‘ra boshlagan.
An-124 - Antonov konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan sovet transport samolyoti. U dunyodagi eng yirik yuk samolyotidir. «Ruslan» uzunligi 69 m, qanotlari uzunligi 73 m, yuk ko‘tarish quvvati 120 tonna, maksimal tezligi 865 km/soat.
Samolyot birinchi parvozini 1982 yil 24 dekabrda Kiyevda amalga oshirdi. Hammasi bo‘lib 56 ta mashina ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durovni hayratlantira olgan va Telegram’ni o‘zbek tilida «gapirtirgan» tadbirkor: Timur Bakiyev bilan suhbat
O‘zbekiston | 12:00
-
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
Iqtisodiyot | 11:57
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:53
-
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
Jahon | 11:44
Mavzuga oid

09:00
Germaniya va Yevropaning uch davlati yetakchilari Tramp bilan Ukrainani muhokama qildi

17:25 / 18.05.2025
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:28 / 17.05.2025